Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Jizzax viloyati Paxtakor tumanida “Hunarmandlar markazi” tashkil etildi

Jizzax viloyati Paxtakor tumanida “Hunarmandlar markazi” tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi Jizzax viloyati boshqarmasi hamda Paxtakor tumanida yashovchi hunarmand Ahmadboy Jabbarov tashabbusi bilan Jizzax viloyati Paxtakor tumani, Buyuk ipak yo‘li MFY, Muqumiy ko‘chasi 181-a uy bo‘sh turganligini hisobga olib “Hunarmandlar mankazi” tashkil etildi. Ushbu “Hunarmandlar markazi” umumiy maydoni 0,65 gektardan iborat bo‘lib, bino 2 qavatli va 42 ta xonadan iborat bo‘lib, binoning…

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi Jizzax viloyati boshqarmasi hamda Paxtakor tumanida yashovchi hunarmand Ahmadboy Jabbarov tashabbusi bilan Jizzax viloyati Paxtakor tumani, Buyuk ipak yo‘li MFY, Muqumiy ko‘chasi 181-a uy bo‘sh turganligini hisobga olib “Hunarmandlar mankazi” tashkil etildi.

Ushbu “Hunarmandlar markazi” umumiy maydoni 0,65 gektardan iborat bo‘lib, bino 2 qavatli va 42 ta xonadan iborat bo‘lib, binoning qiymati 3,5 mlrd. so‘m.
Asosoiy faoliyat turi: Adras va gazlamalar to‘qish yo‘nalishi, ko‘rpa-yostiq va quroqchilik to‘qish, kashtachilik, miiliy liboslar tayyorlash, yog‘ochdan yasalgan halq hunarmandchiligi mahsulotlarini tayyorlash, sandiqchilik, beshikchilik, novdalardan savatlar to‘qish yo‘nalishlaridan iborat.

Shu bilan birgalikda ushbu markazda 40 nafar usta-hunarmand ish joylariga ega bo‘lib 5 nafardan shogird tayyorlab 200 nafar yangi ish o‘rni yaratiladi.

Ushbu “Hunarmandlar markazi”ning ochilish marosimi 2021 yil 28 avgust kuni rejalashtirilgan.

Author: Uyushma axborot xizmati