Mamlakatimizda turizm, san’at va madaniyat sohasini rivojlantirishga qaratilgan II – Xalqaro yoshlar quriltoyi qatnashchilari bugun qadimiy va hamisha navqiron Shahrisabz shahridagi temiryo‘l shohbekatida tantanali kutib olindi. Respublikamizning turli viloyatlaridan tashrif buyurgan yoshlar maxsus avtobuslarda Shahrisabz tumanida joylashgan “Lochin” bolalar oromgohiga tantanali kuzatildi. Kutib olish marosimida Shahrisabz shahar va tuman hokimining o‘rinbosarlari A.Sultonov, S.Ashurov va shahar…
Mamlakatimizda turizm, san’at va madaniyat sohasini rivojlantirishga qaratilgan II – Xalqaro yoshlar quriltoyi qatnashchilari bugun qadimiy va hamisha navqiron Shahrisabz shahridagi temiryo‘l shohbekatida tantanali kutib olindi. Respublikamizning turli viloyatlaridan tashrif buyurgan yoshlar maxsus avtobuslarda Shahrisabz tumanida joylashgan “Lochin” bolalar oromgohiga tantanali kuzatildi.
Kutib olish marosimida Shahrisabz shahar va tuman hokimining o‘rinbosarlari A.Sultonov, S.Ashurov va shahar madaniyat bo‘limi san’atkorlari va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. II – Xalqaro yoshlar qurultoy ishtirokchilariga Amir Temurga beshik bo‘lgan zumrad shahar Shahrisabzga xush kelibsiz deymiz va anjuman ishiga omad tilaymiz!