Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Mahorat darslari > Uchquduqda «Men ham hunarmand bo‘laman» nomli tadbir o‘tkazildi

Uchquduqda «Men ham hunarmand bo‘laman» nomli tadbir o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusning birinchi yo‘nalishi, yoshlarni musiqa, rassomchilik, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishini oshirish, o‘z qobiliyatlarini namoyon qilishiga ko‘maklashish maqsadida “Hunarmand” uyushmasining Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan yoshlar, xotin-qizlar orasida hunarmandchilikning yo‘nalishlari, hunarmandlarga yaratilgan imkoniyatlar mohir hunarmandlar bilan birgalikda tushuntirilmoqda, ustalar tomonidan mahorat darslari tashkil etilmoqda.
“Hunarmand” uyushmasining Uchquduq tuman bo‘limi tashabbusi bilan tumandagi 10- son umumta’lim maktabida 8-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Men ham hunarmand bo‘laman” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda tuman bo‘limi boshlig‘i Z.Sharipova hunarmandchilikning yo‘nalishlari, hunarmandlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida yoshlarga oddiy tilda gapirib berdi. O‘zining faoliyati haqida so‘z yuritdi.
Tadbir so‘ngida Z.Sharipova o‘z shaxsiy kutubxonasidan 20 dona kitoblarni tadbirda faol ishtirok etgan o‘quvchilarga sovg‘a qildi.

Uyushma Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati