Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Festival > Qoraqalpog‘iston Respublikasi > Prezident maslahatchisining Birinchi o‘rinbosari Alisher Usmanov To‘rtko‘lda yoshlar bilan uchrashdi

Prezident maslahatchisining Birinchi o‘rinbosari Alisher Usmanov To‘rtko‘lda yoshlar bilan uchrashdi

Joriy yilning 19-yanvar kuni Respublika ishchi guruhi hamda Prezident maslahatchisining Birinchi o‘rinbosari Alisher Usmanov To‘rtko‘lda yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ishchi guruhi a’zolari va A.Usmanov tuman yoshlari hamda OFYlarda faoliyat olib borayotgan tadbirkor va hunarmandlarning ish faoliyati bilan tanishdilar hamda «Janbas qala» tarixiy obidasini ko‘rdilar.
Uchrashuvlar davomida «Hunarmand» uyushmasining To‘rtko‘l tuman bo‘limi tomonidan hunarmandlarning mahorat darslari tashkil etildi. Shuningdek, tuman tibbiyot kolleji hamda tuman «Madaniyat markazi» binosida yosh hunarmandlar va «Buvijonim kiygan liboslar» mavzusida ko‘rgazmalar o‘tkazildi.

Uyushma Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati