Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Mahorat darslari > Men ham hunarmand bo’laman !

Men ham hunarmand bo’laman !

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusning birinchi yoʼnalishi, yoshlarni musiqa, rassomchilik, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishini oshirish, oʼz qobiliyatlarini namoyon qilishiga koʼmaklashish maqsadida “Hunarmand” uyushmasining Fargʼona viloyat boshqarmasi tomonidan yoshlar, xotin-qizlar orasida hunarmandchilikning yoʼnalishlari, hunarmandlarga yaratilgan imkoniyatlar mohir hunarmandlar bilan birgalikda tushuntirilmoqda, ustalar tomonidan mahorat darslari tashkil etilmoqda.
“Hunarmand” uyushmasining Qoʼqon shahar boʼlimi tomonidan hunarmand Аbdulxay Isaqov ustaxonasiga yoshlarning tashrifi uyushtirildi.
Qoʼqonlik hunarmand Аbdulxay Isaqov 10 yildan buyon “Hunarmand” uyushmasi aʼzosi. U egar-jabduq arqon, belbogʼ, qayish anjomlari, va tabiiy va sunʼiy charmdan tayyorlangan milliy nimcha va bosh kiyimlar, charmdan tayyorlangan esdalik buyumlari kabi hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqaradi.
Hunarmandchilikka qiziqishi bor 34 nafar yoshlar uch kun davomida usta hunarmandning ish faoliyati bilan tanishdilar. Hunar sirlari haqida maʼlumotga ega boʼldilar.
– Men ot sportiga qiziqar edim, lekin egar va qayish degan savol hayolimga kelmasdi. Men albatta boʼsh vaqtimda Аbdulhay akadan hunar oʼrgangani kelaman, – deydi 12-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi Vosit Аbdullaev.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati