Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Matkarimov Madrim 2005 yildan buyon “Hunarmand” uyushmasi Xiva shahar bo‘limi a’zosi

Matkarimov Madrim 2005 yildan buyon “Hunarmand” uyushmasi Xiva shahar bo‘limi a’zosi

Matkarimov Madrim 2005 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi Xiva shahar bo‘limi a’zosi, qo‘lda gilam to‘quvchi hunarmand sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ipak gilam to‘qishda tabiiy bo‘yoqlar va ipakdan foydalanadi. Tabiiy bo‘yoqlarni asosan yong‘oq, qizil piyoz, anor po‘stloqlari, uzum, olma va tut yaproqlaridan ro‘yon ildizi va indigo o‘simligidan, zok minerallaridan oladi. Gilam to‘qishda asosan 14-15 asrda…

Matkarimov Madrim 2005 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi Xiva shahar bo‘limi a’zosi, qo‘lda gilam to‘quvchi hunarmand sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ipak gilam to‘qishda tabiiy bo‘yoqlar va ipakdan foydalanadi. Tabiiy bo‘yoqlarni asosan yong‘oq, qizil piyoz, anor po‘stloqlari, uzum, olma va tut yaproqlaridan ro‘yon ildizi va indigo o‘simligidan, zok minerallaridan oladi. Gilam to‘qishda asosan 14-15 asrda ishlangan miniatyuralardan, Xiva shahrining eski eshiklari va devorlaridagi naqshlardan foydalanadi. 2010-2013 yillarda Germaniyaning Frankfurt shahrida o‘tkazilgan an’anaviy gilam ko‘rgazmasi va 2015 yil Arabiston Respublikasida bo‘lib o‘tgan “Islam Art” hunarmandchilik festivali qatnashchisi.

Shuningdek, 2016 yilning 27-sentyabridan 18-oktyabrigacha Amerika Qo‘shma Shtatlarining Massachusets shtatida AQSH Davlat departamenti tomonidan qo‘llab-quvvatlangan holda “O‘zbekiston ipak san’ati” loyihasi bo‘yicha o‘tkazilgan dasturda ishtirok etib, O‘zbekiston turizm sanoatini rivojlantirishda qo‘shgan hissasi uchun maxsus diplom bilan hamda 2016 yilning iyun oyida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Santa-fi shahrida o‘tkazilgan xalqaro gilam ko‘rgazmasida ishtirok etib, Xalqaro an’anaviy gilam to‘qish assosiatsiyasining sertifikati bilan taqdirlangan

Author: Uyushma axborot xizmati