Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Salim Hamidov sulolasining 5 avlod davomchisi Islom Musinov an’anaviy kandakorlik hunarini amakisi xalq ustasi Musinov Sodiqdan o’rgangan

Salim Hamidov sulolasining 5 avlod davomchisi Islom Musinov an’anaviy kandakorlik hunarini amakisi xalq ustasi Musinov Sodiqdan o’rgangan

Islom Musinov XlX asr oxiri XX asr boshlarida Buxoro kamdakorlik san’atiga asos solgan usta hunarmand Salim Hamidov sulolasining 5 avlod davomchisi Islom Musinov an’anaviy kandakorlik hunarini amakisi xalq ustasi Musinov Sodiqdan o’rgangan. Shuningdek usta Tohir Qosimovdan sir asrorlarni yod olib,ota bobolaridan saqlanib kelgan an’analarni va betakror san’atini o’z ijodiy namunalari; “Lagan”, “Oftoba”, “Chilim” kabi asarlari…

Islom Musinov XlX asr oxiri XX asr boshlarida Buxoro kamdakorlik san’atiga asos solgan usta hunarmand Salim Hamidov sulolasining 5 avlod davomchisi Islom Musinov an’anaviy kandakorlik hunarini amakisi xalq ustasi Musinov Sodiqdan o’rgangan. Shuningdek usta Tohir Qosimovdan sir asrorlarni yod olib,ota bobolaridan saqlanib kelgan an’analarni va betakror san’atini o’z ijodiy namunalari; “Lagan”, “Oftoba”, “Chilim” kabi asarlari bilan boyitib kelmoqda.

Usta Islom Musinov Germaniya, Fransiya,Rossiya,Markaziy Osiyo va bir qator davlatlarda o’tkazilgan ko’rgazmalarda o’z ijod namunalari bilan ishtirok etgan. 1996 yil “JUNESKO” ning tavsiyasi bilan usta Islom Musinovning yaratgan betakror kandakorlik mahsuloti mashhur Fransiyaning “LUVR” va London muzeylarida saqlanib kelinmoqda. Usta Islom Musinov 30 dan ortiq shogirdlarga o’z hunarini orgatib keldi.Hatto horijiy davlatlarda ham ustaning shogirdlari bor.

Author: Uyushma axborot xizmati