Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Rishton tumanida “Kulollar sayli” o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda

Rishton tumanida “Kulollar sayli” o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda

2024 yil 18-19 may kunlari Farg‘ona viloyati Rishton tumanida “Kulollar sayli” o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu tadbir doirasida respublikaning yetakchi san’atshunoslari ishtirokida ilmiy amaliy konfrensiya va kitob taqdimoti o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda. Tadbirda “Hunarmand” uyushmasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i R.Mirzaaxmedov, akademik, professor, san’atshunoslik fanlari doktori, “Fan va turmush” jurnali bosh muxarriri Akbar Hakimov, san’atshunoslik fanlari doktori (PhD),“SAN’AT” jurnali bosh…

2024 yil 18-19 may kunlari Farg‘ona viloyati Rishton tumanida “Kulollar sayli” o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu tadbir doirasida respublikaning yetakchi san’atshunoslari ishtirokida ilmiy amaliy konfrensiya va kitob taqdimoti o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda.

Tadbirda “Hunarmand” uyushmasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i R.Mirzaaxmedov, akademik, professor, san’atshunoslik fanlari doktori, “Fan va turmush” jurnali bosh muxarriri Akbar Hakimov, san’atshunoslik fanlari doktori (PhD),“SAN’AT” jurnali bosh muharriri, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, San’atshunoslik instituti katta ilmiy xodimi Binafsha Nodir ishtirok etadi. Tadbir Rishton an’anaviy kulolchiligi nomoyondalari Alisher Nazirov, Sharofiddin Yusupov hamda Rustam Usmonov ustaxonalarida o‘tkaziladi .

Author: Uyushma axborot xizmati