Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Mahorat darslari > O‘zbekiston sovg‘alari”ko‘rgazma-savdosi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston sovg‘alari”ko‘rgazma-savdosi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda

Hurmatli yurtdoshlarimiz va poytaxtimiz mehmonlari! Joriy yilning 25-26 avgust kunlari Toshkent shahridagi Sayilgoh ko‘chasida “O‘zbekiston sovg‘alari”ko‘rgazma-savdosi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Ko‘rgazma-savdoda hunarmandchilik mahsulotlari savdosi tashkil qilinadi. Unda yuz nafarga yaqin eng mohir o‘zbekistonlik hunarmandlarning noyob asarlarini tomosha qilish bilan birgalikda, xarid qilish imkoniyati yaratiladi. Bu asarlar tabiiy mahsulotlardan qo‘lda tayyorlangan bo‘lib, unda hunarmandning qalb qo‘ri, ko‘z nuri…

Hurmatli yurtdoshlarimiz va poytaxtimiz mehmonlari! Joriy yilning 25-26 avgust kunlari Toshkent shahridagi Sayilgoh ko‘chasida “O‘zbekiston sovg‘alari”ko‘rgazma-savdosi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Ko‘rgazma-savdoda hunarmandchilik mahsulotlari savdosi tashkil qilinadi.

Unda yuz nafarga yaqin eng mohir o‘zbekistonlik hunarmandlarning noyob asarlarini tomosha qilish bilan birgalikda, xarid qilish imkoniyati yaratiladi. Bu asarlar tabiiy mahsulotlardan qo‘lda tayyorlangan bo‘lib, unda hunarmandning qalb qo‘ri, ko‘z nuri hamda xalqimizning orzu-istaklari va ming yillik an’analarini o‘zida mujassam etgan. Ko‘rgazma-savdoda ishtirokchilar hunarmandlar tomonidan mahorat darslarini kuzatish va bevosita ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Author: Uyushma axborot xizmati