Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > O‘zbekistonda Yoshlar turizmi haftaligi e’lon qilindi

O‘zbekistonda Yoshlar turizmi haftaligi e’lon qilindi

2024 yil 1-10 yanvar, o‘quv ta’tili kunlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda «Yoshlar turizmi haftaligi» o‘tkaziladi. Turizm qo‘mitasi haftalik doirasida 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi, talaba va yoshlarga respublikaning diqqatga…

2024 yil 1-10 yanvar, o‘quv ta’tili kunlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda «Yoshlar turizmi haftaligi» o‘tkaziladi. Turizm qo‘mitasi haftalik doirasida 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi, talaba va yoshlarga respublikaning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilishni tavsiya qilgan. Ushbu haftalik doirasida yoshlar uchun yo‘l va transport xarajatlari, teatr, kinoteatr va konsertlarga kirishda maxsus chegirmalardan foydalanish imkoniyati yaratiladi, muzey va madaniy meros ob’yektlariga kirish esa mutlaqo bepul bo‘ladi.

Author: Uyushma axborot xizmati