Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Xalqaro festivallar > 2022 yili Buxoro shahrida “Xalqaro zargarlik va zardo‘zlik festivali”, tadbir doirasida kashtado‘zlik san’ati festivali ham tashkil qilingan edi

2022 yili Buxoro shahrida “Xalqaro zargarlik va zardo‘zlik festivali”, tadbir doirasida kashtado‘zlik san’ati festivali ham tashkil qilingan edi

Ma’lumot oʻrnida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 apreldagi PQ-5098-sonli qaroriga asosan 2022 yilning 21-24 may kunlari Buxoro shahrida “Xalqaro zargarlik va zardo‘zlik festivali”, tadbir doirasida kashtado‘zlik san’ati festivali ham tashkil etilgan edi. Festivalda Respublikamizning barcha hududlaridan 288 nafar hunarmand, shulardan 110 nafar zargar, 37 nafar zardo‘z, 44 nafar kashtado‘z, 97 nafar boshqa yo‘nalishlarida faoliyat…

Ma’lumot oʻrnida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 apreldagi PQ-5098-sonli qaroriga asosan 2022 yilning 21-24 may kunlari Buxoro shahrida “Xalqaro zargarlik va zardo‘zlik festivali”, tadbir doirasida kashtado‘zlik san’ati festivali ham tashkil etilgan edi. Festivalda Respublikamizning barcha hududlaridan 288 nafar hunarmand, shulardan 110 nafar zargar, 37 nafar zardo‘z, 44 nafar kashtado‘z, 97 nafar boshqa yo‘nalishlarida faoliyat olib borayotgan hunarmandlar ishtirok etgandi.

Nufuzli tadbirda 58 ta davlatdan 221 nafar xorijlik ishtirokchi, shulardan 112 nafar hunarmand, 9 nafar faxriy mehmon va 4 nafar yuqori martabali mehmonlar qatnashgan edi. O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilgan Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali arafasida nufuzli xalqaro tashkilot – Butunjahon hunarmandlar kengashi prezidenti Saad al-Kaddumiy tomonidan Jahon Hunarmandlar Kengashining qadimiy Buxoro shahriga Jahon hunarmandlar shahri maqomi berilgani to‘g‘risidagi sertifikat topshirilgan edi.

Author: Uyushma axborot xizmati