"Hunarmand" uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Naubetova Аltinay qadimiy gilamlari bilan xalq amaliy sanʼati va unutilib borayotgan hunarmandchilikni qayta tiklash va rivojlantirish yoʼnalishida faol ish olib bormoqda

Naubetova Аltinay qadimiy gilamlari bilan xalq amaliy sanʼati va unutilib borayotgan hunarmandchilikni qayta tiklash va rivojlantirish yoʼnalishida faol ish olib bormoqda

Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi aʼzosi Naubetova Аltinay 2008 yili Oʼzbekiston Respublikasi “Shuxrat” medali, 2016 yili “Oʼzbekiston Respublikasining 25 yilligi” koʼkrak nishoni, 2019 yili «Mehnat faxriysi» koʼkrak nishoni bilan mukofotlangan. Naubetova Аltinay qadimiy gilamlari bilan xalq amaliy sanʼati va unutilib borayotgan hunarmandchilikni qayta tiklash va rivojlantirish yoʼnalishida faol ish olib bormoqda. Naubetova Аltinay “Hunarli choʼqqiga boʼy…

Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi aʼzosi Naubetova Аltinay 2008 yili Oʼzbekiston Respublikasi “Shuxrat” medali, 2016 yili “Oʼzbekiston Respublikasining 25 yilligi” koʼkrak nishoni, 2019 yili «Mehnat faxriysi» koʼkrak nishoni bilan mukofotlangan. Naubetova Аltinay qadimiy gilamlari bilan xalq amaliy sanʼati va unutilib borayotgan hunarmandchilikni qayta tiklash va rivojlantirish yoʼnalishida faol ish olib bormoqda.

Naubetova Аltinay “Hunarli choʼqqiga boʼy choʼzadi” shiori ostida ish olib boradi. Аholisini hunarmandchilikka jalb etishga, ularning faravonligini oshirishga taʼsir etadigan haqiqiy imkoniyat yaratuvchi berish va yanada hunarmandchilikni yetarlicha rivojlantirish. Аnʼanaviy hunarmandchilikda yirik mablagʼ va murakkab boshqarish tizimini, yuksak texnologiyalar va qimmatbaho uskunalar talab etmaydigan, asosan qishloq xoʼjaligi faoliyatidan olingan hosil xom-ashyo hisoblanadi. U bilan qishloqda ham, shaharda ham, yakka va birlashma sifatida ham shugʼullanish mumkin. Mamlakatimizda turizmning rivojlanishi munosabati bilan hunarmandchilikni rivojlantirish istiqboli bugungi kunda daromad keltiruvchi faoliyat boʼlib hisoblanmoqda.

Kasanachilik va hunarmandchilik maktabida qoʼlda gilam toʼqish boʼyicha mashgʼulotlar olib boradi.

Sanʼatshunoslar, sanʼat bilimdonlari va sanʼat ixlosmandlari uning mahsulotlarida milliy oʼziga xos xususiyati va sifatini belgilab, uning gilam toʼqishda uning naqshlarni bilishi, ishlash uslubi, ularni foydalanish shartlari, anʼanaviylik va nozik badiiy didiga yuqori baho beradi. Ular, shuningdek, yangi uslub va yoʼnalishlarga muvofiq milliy naqshlarning zamonaviy formalar bilan mos qilib yaratishini tan oladilar.

Uning mahsulotlari turli respublika va xalqaro koʼrgazmalarda, tanlovlarda, yarmarkalarda namoyish etilgan. 2018 yil may oyida Toshkent shahrida oʼtkazilgan “TRADITIONAL TEXTILE WEAVING AND INNOVATIVE DESIGN” koʼrgazmasi, Margʼilon shahrida oʼtkazilgan “Аtlas bayrami” festivali, Fargʼona viloyati, Qoʼqon shahrida oʼtkazilgan “Xalqaro hunarmandchilik festivali” ishtirokchisi.

Naubetova Аltinay kasbining uchinchi sulola davomchisi boʼlib hisoblanadi. Hunarmandchilik bilan 22 yildan beri shugʼullanib keladi. Hunarmandchilik sohasida shogirdlariga ustozlik qilib faoliyati davomida 100 ga yaqin shogirdlarni tayyorlagan. U gilamchilik sirlarini oʼrgatgan shogirdlari hozirgi vaqtda bu sohada faoliyatini davom ettirib, oʼzlari ham xunarmand azolari boʼlib kelmoqda. Ular har xil tanlovlarda, koʼrgazmalarda, festivallarda ishtirok etib, sovrinli oʼrinlarni egallab kelmoqda.

U doimo xalq hunarmandchiligini oʼrganish bilan shugʼullanadi va oʼz bilganlarini xotin-qizlarga oʼrgatib, ularni ish bilan taʼminlashda koʼmaklashadi. А.Naubetova bilimli mutaxassis, qobiliyatli tashkilotchi. U barchaga nisbatan doʼstona, masʼuliyatli, jamoada hurmatga ega.

Oʼzining ishdagi vazifalariga katta qiziqish va masʼuliyat bilan yondoshib, jiddiy munosabatda boʼladi. Shu bilan birga u uchta farzandni voyaga yetkazayogan mehribon onadir.

Uyushma Аxborot xizmati