Julhirs

Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarining hunarmand ayollari tomonidan tayyorlangan uzun tukli julhirs (so‘zma-so‘z – ayiq terisi) gilamidir. Aytish lozimki ushbu gilamlar o‘ziga xos turi qadimiy uslub hisoblanadi. Julhirslar kompozisiyasi asosan arxaik naqshlar – to‘g‘ri yoki pog‘onali romblar, sakkiz qirrali yulduz, olti burchaklar va boshqalardan iborat. Hoshiyalarda ko‘pincha zoomorf bezaklar – shoxlar tasviri qo‘llaniladi.  Romb…

Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarining hunarmand ayollari tomonidan tayyorlangan uzun tukli julhirs (so‘zma-so‘z – ayiq terisi) gilamidir. Aytish lozimki ushbu gilamlar o‘ziga xos turi qadimiy uslub hisoblanadi. Julhirslar kompozisiyasi asosan arxaik naqshlar – to‘g‘ri yoki pog‘onali romblar, sakkiz qirrali yulduz, olti burchaklar va boshqalardan iborat. Hoshiyalarda ko‘pincha zoomorf bezaklar – shoxlar tasviri qo‘llaniladi.  Romb koinotning ramziy timsollaridan biri bo‘lib, barcha xalqlarning an’anaviy san’atida juda keng tarqalgan naqshdir. Ko‘pincha romb boshqa quyosh belgilari bilan birgalikda tasvirlangan. Bunday motivlar qadimgi kosmogonik va sehrli tasvirlar bilan bog‘langan va yomon ko‘zdan asrovchi tumor bo‘lib xizmat qilgan.

Author: Uyushma axborot xizmati