Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Fotoreportajlar > Marg‘ilon shahrida hunarmandchilik, tadbirkorlik va dizayn bo‘yicha milliy treninglar boshlandi

Marg‘ilon shahrida hunarmandchilik, tadbirkorlik va dizayn bo‘yicha milliy treninglar boshlandi

Ayni daqiqalarda Marg‘ilon shahrida YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi va Marg‘ilon hunarmandchilikni rivojlantirish markazi tomonidan nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish va ijodiy industriyani rivojlantirish uchun an’anaviy hunarmandchilik, tadbirkorlik va dizayn bo‘yicha milliy treninglar boshlandi. Ushbu Treninglar Yevropa Ittifoqi va YUNESKO “Afg‘oniston, Markaziy Osiyo va Yerondagi Ipak yo‘li merosi yo‘laklari – Yevropa madaniy meros…

Ayni daqiqalarda Marg‘ilon shahrida YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi va Marg‘ilon hunarmandchilikni rivojlantirish markazi tomonidan nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish va ijodiy industriyani rivojlantirish uchun an’anaviy hunarmandchilik, tadbirkorlik va dizayn bo‘yicha milliy treninglar boshlandi. Ushbu Treninglar Yevropa Ittifoqi va YUNESKO “Afg‘oniston, Markaziy Osiyo va Yerondagi Ipak yo‘li merosi yo‘laklari – Yevropa madaniy meros yilining xalqaro o‘lchovi” loyihasi doirasida tashkil yetilmoqda.

Trening dasturi nazariy mashg‘ulotlardan iborat bo‘lib, O‘zbekistonda an’anaviy hunarmandchilikning tarixiy rivojlanishi va zamonaviy tendensiyalari haqida keng tushuncha beradi, shuningdek, an’anaviy kashtachilik,etno dizayn va chitgarlik bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi. Trening yeng muhim qismi madaniyat, xususan hunarmandchilik sohasida tadbirkorlik va biznes rivojlantirishga qaratiladi. Ushbu trening O‘zbekistonning turli hududlaridan bo‘lgan 60 nafar ishtirokchi uchun O‘zbekistonning taniqli ekspert, usta va dizaynerlari tomonidan o‘tkazilmoqda.

Author: Uyushma axborot xizmati