Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Faol tadbirkor o‘quvchilar bilan uchrashdi

Faol tadbirkor o‘quvchilar bilan uchrashdi

Farg‘ona tumanidagi 55-sonli maktabda “ Art house Sadosh” MCHJ ta’sischisi Sadoqat Mirzayeva hamda maskanning 170 nafar yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida muloqot tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko‘ra “Shuhrat” ordeni bilan taqdirlangan tadbirkor rahbarligida 150 ga yaqin ish o‘rni yaratilgan. Asosan milliy hunarmandchiligimiz namunasi sifatida qo‘l mehnatidan foydalanib bolalar o‘yinchoqlarni tikishga ixtisoslashgan korxona mahsulotlar hozirda…

Farg‘ona tumanidagi 55-sonli maktabda “ Art house Sadosh” MCHJ ta’sischisi Sadoqat Mirzayeva hamda maskanning 170 nafar yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida muloqot tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko‘ra “Shuhrat” ordeni bilan taqdirlangan tadbirkor rahbarligida 150 ga yaqin ish o‘rni yaratilgan. Asosan milliy hunarmandchiligimiz namunasi sifatida qo‘l mehnatidan foydalanib bolalar o‘yinchoqlarni tikishga ixtisoslashgan korxona mahsulotlar hozirda Yevropa mamlakatlari va Arab davlatlariga qolaversa Markaziy Osiyo davlatlariga ham eksport qilinmoqda.

Uchrashuvda Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat, yurtimizdagi ishbilarmonlik muhiti, tadbirkorlarga berilayotgan keng imtiyozlar borasida to‘xtalinib, bugungi kunda biznes bilan shug‘ullanish uchun barcha sharoitlar mujassamligi, tadbirkorlarning huquqlari qonun bilan kafolatlanib, ularning faoliyati davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani ta’kidlandi. Muloqot davomida o‘quvchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Shuningdek “Art house Sadosh” MCHJ ta’sischisi Sadoqat Mirzayeva eng na’munali o‘quvchilarga o‘zining esdalik sovg‘alarini taqdim qildi.

Author: Uyushma axborot xizmati