Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Suyak o’ymakorligi

Suyak o’ymakorligi

Suyak o‘ymakorligi— o‘ymakorlik turi; suyakni o‘yib naqsh, tasvir ishlash, kesib va yo‘nib haykalcha, buyumlar tayyorlash san’ati. Asosiy xom ashyo suyak (mamont va morj tishi, fil, mol suyagi va shoxi, ot va boshqa hayvonlarning suyagi). Kerakli hajmdagi suyak bo‘lagi tanlab olinadi, ortiqcha qismlari arralab olib tashlanadi, g‘adirbudur joylari egovda tekislanadi. Suyakka gul chizib, asboblar (parma, arracha,…

Suyak o‘ymakorligi— o‘ymakorlik turi; suyakni o‘yib naqsh, tasvir ishlash, kesib va yo‘nib haykalcha, buyumlar tayyorlash san’ati. Asosiy xom ashyo suyak (mamont va morj tishi, fil, mol suyagi va shoxi, ot va boshqa hayvonlarning suyagi). Kerakli hajmdagi suyak bo‘lagi tanlab olinadi, ortiqcha qismlari arralab olib tashlanadi, g‘adirbudur joylari egovda tekislanadi. Suyakka gul chizib, asboblar (parma, arracha, egov va b.) yordamida o‘yib naqshlar hosil qilinadi hamda jilolanadi. Suyak o‘ymakorligi qadimdan yirik hayvonlar yashagan hududlarda ma’lum bo‘lgan. Hindiston, Okeaniya, Afrika, Rossiyaning shimolida taraqqiy etgan;

O‘rta Osiyo hududida geografik sharoitga ko‘ra Suyak o‘ymakorligi rivojlanmagan. Xalq amaliy bezak san’ati turlaridan — pichoqchilikda hamda mayda shaklli buyumlar (tugmacha va b.) tayyorlashda Suyak o‘ymakorligi qo‘llaniladi. 20-asrning 60 yillaridan Suyak o‘ymakorligi O‘zbekiston amaliy bezak san’atida bir qadar rivojlandi. Jumladan, xalq ustasi Ortiq Fayzullayev sa’y harakati tufayli Suyak o‘ymakorligida badiiy asarlar — «Cho‘pon», «Lazgi o‘yini», «Kurant», «Navoiy» va boshqalar yaratildi.

Author: Uyushma axborot xizmati