Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Toshkentda ilk bor “Uzbek Jewellery Fair-2023” xalqaro ko‘rgazma-savdosi o‘tkaziladi

Toshkentda ilk bor “Uzbek Jewellery Fair-2023” xalqaro ko‘rgazma-savdosi o‘tkaziladi

Hurmatli hunarmandlar! 2023 yilning 26-28 may kunlari  “Yoshlar ijod saroyida” Toshkentda ilk bor “Uzbek Jewellery Fair-2023” xalqaro ko‘rgazma-savdosi o‘tkaziladi. Mazkur ko‘rgazma savdoda dunyo zargarlik sanoatining yetakchi kompaniyalari hamda yurtimizning mahalliy brendlari o‘zlarining eksklyuziv mahsulotlari bilan ishtirok etadi. Ko‘rgazma doirasida B2B uchrashuvlar tashkil etiladi, bu esa mahalliy va xorijiy kompaniyalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish imkoniyatlarini…

Hurmatli hunarmandlar!

2023 yilning 26-28 may kunlari  “Yoshlar ijod saroyida” Toshkentda ilk bor “Uzbek Jewellery Fair-2023” xalqaro ko‘rgazma-savdosi o‘tkaziladi. Mazkur ko‘rgazma savdoda dunyo zargarlik sanoatining yetakchi kompaniyalari hamda yurtimizning mahalliy brendlari o‘zlarining eksklyuziv mahsulotlari bilan ishtirok etadi.

Ko‘rgazma doirasida B2B uchrashuvlar tashkil etiladi, bu esa mahalliy va xorijiy kompaniyalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish imkoniyatlarini yaratadi. Bundan tashqari tadbirda zargarlik buyumlarining chakana savdosi, ishlab chiqaruvchilar, ulgurji sotuvchilar, zargarlik buyumlarini import va eksport qiluvchi kompaniyalar ham qatnashishi nazarda tutilgan.

Xalqaro ko‘rgazma savdosi doirasida “Charming East” tanlovi tashkil etiladi. Unda iqtidorli va iste’dodli  zargarlarning turli yo‘nalishdagi ishlanmalari xalqaro hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, eng yaxshilari kelajakda zargarlik sanoatining nufuzli mukofoti bo‘lishi kutilayotgan “Uzbek Jewellery Awards” bilan taqdirlanadi. Ushbu ko‘rgazmada ishtirok etishga taklif qilamiz.

Author: Uyushma axborot xizmati