Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Internet orqali xalq amaliy sanʼati mahsulotlarini Kanadaga eksport qilish boʼyicha videokonferentsiya oʼtkazildi

Internet orqali xalq amaliy sanʼati mahsulotlarini Kanadaga eksport qilish boʼyicha videokonferentsiya oʼtkazildi

2020 yilning 30 aprel

Bugungi kunda butun dunyoda, shu qatori mamlakatimizda ham koronavirus pandemiyasining oldini olish va iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar hunarmandchilik yoʼnalishiga ham aloqador hisoblanadi.
2020 yilning 30 aprel kuni Oʼzbekiston Respublikasining Аmerikadagi elchixonasi koʼmagida Rossiya va Yevrosiyodagi Kanada biznes uyushmasi CERBA tashkilotining tashabbusi bilan Oʼzbekiston Respublikasi «Hunarmand» uyushmasi hamkorlikda internet orqali xalq amaliy sanʼati mahsulotlarini Kanadaga eksport qilish boʼyicha videokonferentsiya oʼtkazildi.
Videokonferentsiyada Oʼzbekiston Respublikasi «Hunarmand» uyushmasi raisi Ulugʼbek Аbdullaev va Uyushma rais oʼrinbosari А.Murtazaevlar ishtirok etdilar.
Internetda boʼlib oʼtadigan videokonferentsiya amaliy muloqot tarzida tashkil etilib, unda hunarmandlaning mahsulotlarini namoyish etish va distribyutorlar va doʼkonlar egalaridan Kanadaga yetkazib berishni tashkillashtirish toʼgʼrisida soʼz bordi. Bunda Kanadada oʼzbek milliy hunarmandchilik mahsulotlarini sotadigan savdo uylari, doʼkonlar va elektron tijorat saytlarini yaratish va reklama qilish, shuningdek, “Hunarmand” uyushmasi va hunarmandlarning ishtirokiga alohida eʼtibor qaratildi. Videokonferentsiyada Rossiya va Yevrosiyodagi Kanada biznes uyushmasi CERBA Oʼzbekiston Respublikasidagi hunarmandlarga Kanadada milliy hunarmandchilik buyumlari doʼkonlari va savdo uylarini yaratish va targʼib qilishda hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati