Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Eltuz” internet sayti ijtimoiy tarmog‘i orqali “O‘zbekiston temir yo‘llari hunarmandlarga bosimni kuchaytirmoqda” – deb nomlangan videomaterial e’lon qilindi

“Eltuz” internet sayti ijtimoiy tarmog‘i orqali “O‘zbekiston temir yo‘llari hunarmandlarga bosimni kuchaytirmoqda” – deb nomlangan videomaterial e’lon qilindi

2023-yilning 14-sentyabr kuni “Eltuz” internet sayti ijtimoiy tarmog‘i orqali “O‘zbekiston temir yo‘llari hunarmandlarga bosimni kuchaytirmoqda” – deb nomlangan videomaterial e’lon qilindi. Video Videomaterialda poytaxtdagi Navro‘z etno bog‘i O‘zbekiston temir yo‘llari tomonidan davlat uchun qurilganmidi? Yoki shahar markazidagi davlat yerini o‘zlashtirish uchun hunarmandchilikni niqob qilib ochilib endi boshqa maqsadda ishlatilmoqchimi? “Navro‘z” bog‘ida ijara narxlari o‘ta qimmatlashib,…

2023-yilning 14-sentyabr kuni “Eltuz” internet sayti ijtimoiy tarmog‘i orqali “O‘zbekiston temir yo‘llari hunarmandlarga bosimni kuchaytirmoqda” – deb nomlangan videomaterial e’lon qilindi. Video

Videomaterialda poytaxtdagi Navro‘z etno bog‘i O‘zbekiston temir yo‘llari tomonidan davlat uchun qurilganmidi? Yoki shahar markazidagi davlat yerini o‘zlashtirish uchun hunarmandchilikni niqob qilib ochilib endi boshqa maqsadda ishlatilmoqchimi? “Navro‘z” bog‘ida ijara narxlari o‘ta qimmatlashib, bu bog‘da faoliyat yuritayotgan ko‘plab hunarmandlarni o‘z ish joylarini tark etishga majbur bo‘lishayotganli haqida  murojaat qilingan.

Navro‘z bog‘ida milliy qadriyatlarimiz o‘z ifodasini topgan 2,5 gektar maydon etnografik shaharchaga aylantirilgan. Bu yerda Qoraqalpog‘iston va barcha viloyatlar nomlari bilan ataladigan ko‘chalar va qadimiy uslubda uylar bunyod etilib, har bir hududning o‘ziga xos an’analari, hunarmandchiligi, turmush tarzi aks ettirilgan.

Ushbu bog‘da “Hunarmand” uyushmasiga a’zo 21 nafar hunarmand o‘z faoliyatini olib boradi. “Eltuz” internet saytiga murojaat qilgan Mohira Sultonova “Hunarmand” uyushmasi a’zosi bo‘lmagan tadbirkor ayol hisoblanadi.

Videomaterialda keltirilgan muammodan “Hunarmand” uyushmasining xabari bor. Hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa bu yerda faoliyatlarini davom ettirishlari uchun muammoni o‘rgangan holda, qonun doirasida muzokaralar olib borilgan. Bu muammo yuzasidan tegishli muassasalarga o‘rnatilgan tartibda bir nechta marotaba murojaat etgan.

Jumladan, 2023-yil 23-fevral kuni “Hunarmand” uyushmasining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Shaxobiddin Asamov Navro‘z bog‘ida tashkil etilgan “Navro‘z” MCHJ rahbariga hunarmandlarning ijara to‘lovi qimmatlashgani masalasi yuzasidan murojaat etgan. “Navro‘z” MCHJ rahbari pandemiya davrida tadbirkor va hunarmandlarga imtiyozlar berish maqsadida ijara narxlari 1 m² 50 ming so‘mdan belgilanganligi va bu imkoniyat ikki yil uzaytirilib, 75 ming so‘mgacha belgilanganligi ta’kidlagan. 2023 yil 1 martdan  1 m² 150 ming so‘m belgilanishi ko‘zda tutilgan, agarda bundan  past narx ko‘rsatilsa “Navro‘z” MCHJ faoliyatiga qiyinchilik tug‘ilishini tushuntirgan.

25 fevral kuni “Hunarmand” uyushmasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Baxodir Suyunov Naro‘z bog‘ida faoliyat olib borayotgan hunarmandlar bilan uchrashib, suhbatlashdi. Hunarmandlar ijara narxi ko‘tarmaslik taklifini berdilar. “Hunarmand” uyushmasi vakolati doirasida Navro‘z bog‘ida tashkil etilgan “Navro‘z” MCHJ rahbariyatiga yana bu masalada murojaat etgan.

Tadbirkor Mohira Sultonovadan “Hunarmand” uyushmasi qoshida tashkil etilgan “ Craft and art”  MCHJ tomonidan 2023-yilda 10 mln so‘mdan ortiq mablag‘da hunarmandchilik mahsulotlari sotib olingan.

Aytib o‘tish lozimki, mamlakatimizdagi bir qator hunarmandchilik markazlarida hunarmandlar imtiyozli ravishda faoliyat olib boradilar. Jumladan, Mo‘ynoq tumanidagi “Hunarmandlar alleyasi”, Shaxrixon tumanidagi “Hunarmandchilik markazi”, Nurota tumanidagi “Kashtachilik markazi”, Yangiariq tumanidagi “Kulolchilik markazi”, Rishton tumanidagi “Kulolchilik markazi”, Chilonzor tumani “Katta Do‘mbirobod” mahallasida “Hunarmandchilik markazi” va “Usta-shogird maktabi” majmuasi”ni misol qilib keltirishimiz mumkin.

“Hunarmand” uyushmasi tomonidan hunarmandning har bir murojaati e’tiborda. Hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa bu yerda faoliyatlarini davom ettirishlari uchun “Hunarmand” uyushmasi o‘z vakolati doirasida tegishli muassasalarga o‘rnatilgan tartibda yana murojaat etadi.

“Hunarmand” uyushmasi
Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati