Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Men Qo‘qonga boraman” shiori ostida ikki bosqichdan iborat ko‘rgazma va ko‘rik-tanlov tashkil etildi

“Men Qo‘qonga boraman” shiori ostida ikki bosqichdan iborat ko‘rgazma va ko‘rik-tanlov tashkil etildi

Ikkinchi “Xalqaro hunarmandchilik festivali”ga iqtidorli hunarmandlar va iste’dodli yoshlarni jalb qilish maqsadida “Men Qo‘qonga boraman” shiori ostida ikki bosqichdan iborat ko‘rgazma va ko‘rik-tanlov tashkil etildi. Birinchi bosqich — tumanlar (shaharlar) bo‘yicha 2023 yilning mart oyida tashkil etildi va unda ikki ming nafarga yaqin hunarmandlar ishtirok etdi. Ikkinchi bosqich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri…

Ikkinchi “Xalqaro hunarmandchilik festivali”ga iqtidorli hunarmandlar va iste’dodli yoshlarni jalb qilish maqsadida “Men Qo‘qonga boraman” shiori ostida ikki bosqichdan iborat ko‘rgazma va ko‘rik-tanlov tashkil etildi. Birinchi bosqich — tumanlar (shaharlar) bo‘yicha 2023 yilning mart oyida tashkil etildi va unda ikki ming nafarga yaqin hunarmandlar ishtirok etdi. Ikkinchi bosqich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha 2023 yilning aprel oyida bo‘lib o‘tdi va unda ming nafarga yaqin hunarmandlar ishtirok etdi.

Hunarmand” uyushmasi tomonidan Ikkinchi “Xalqaro hunarmandchilik” festivali veb-saytini uch (o‘zbek, rus, ingliz) tillarida http://handicrafters.uz yaratildi. Veb-saytda festival, milliy hunarmandchilik, hunarmandlar, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan hunarmandchilik mahsulotlar haqidagi ma’lumotlar joylashtirildi. Shuningdek, festivalda ishtirok etishni istagan xorijlik hunarmandlar, ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilari,nufuzli mehmonlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ushbu sayt orqali onlayn tarzda ariza berib ro‘yxatdan o‘tdilar. 2023 yil 9 avgust kuni veb-sayt orqali ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari yakunlandi.

Author: Uyushma axborot xizmati