Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Shahrixonda bayramoldi madaniy-ma’rifiy tadbirlar ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda

Shahrixonda bayramoldi madaniy-ma’rifiy tadbirlar ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda

Shu kunlarda mamlakatimiz miqyosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yilligi bayrami oldidan “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Ma’naviyat festivali” bo‘lib o‘tmoqda. Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi, “Ma’rifat targ‘ibotchilari” jamiyati tomonidan tashkil etilayotgan mazkur festival doirasida bir guruh targ‘ibotchilar Shahrixon tumaniga tashrif buyurdilar. Dastlab, mehmonlar “Andijonlik” mahallasida istiqomat qiluvchi mohir do‘ppido‘z, “Mehnat shuhrati”…

Shu kunlarda mamlakatimiz miqyosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yilligi bayrami oldidan “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Ma’naviyat festivali” bo‘lib o‘tmoqda. Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi, “Ma’rifat targ‘ibotchilari” jamiyati tomonidan tashkil etilayotgan mazkur festival doirasida bir guruh targ‘ibotchilar Shahrixon tumaniga tashrif buyurdilar.

Dastlab, mehmonlar “Andijonlik” mahallasida istiqomat qiluvchi mohir do‘ppido‘z, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibasi Yorqinoy To‘ychiyeva xonadonida bo‘lib, uning faoliyati, yoshlarga milliy hunarmandchilik sir-asrorlarini o‘rgatish borasidagi ibratli ishlari bilan tanishdilar. Ushbu xonadonda tashkil etilgan moʻjazgina hunarmandchilik muzeyi tadbir ishtirokchilarida katta taassurotlar qoldirdi.

Shundan so‘ng, Sherqo‘rg‘on qishlog‘ida joylashgan madaniyat markazida aholi vakillari ishtirokida ko‘ngilochar madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoira, “Do‘stlik” ordeni sohibasi Sayyora To‘ychiyeva, Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Abdulhamid Nurmatovlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida so‘z yuritib, tadbir ishtirokchilarini eng ulug‘, eng aziz bayramimiz – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi bilan muborakbod etdilar. Sayyora To‘ychiyeva tomonidan o‘qilgan she’rlar, O‘zbekiston xalq hofizi Abdunabi Ibrohimov, “Nihol” mukofoti sohibasi Adolat Ismoilovalar ijrosidagi qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha fayz kiritdi.

Author: Uyushma axborot xizmati