Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Xorazim viloyati > Xorazm viloyati Yangiariq tumanida kulolchilik markazi tashkil etilmoqda

Xorazm viloyati Yangiariq tumanida kulolchilik markazi tashkil etilmoqda

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida joriy yilning 12-13 mart kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlariga asosan Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida kulolchilik markazi tashkil etilmoqda. Kengaytirilgan tarzda oʼtkazilgan 17 – sonli majlis bayoniga asosan hokimining 2020 yil 10 apreldagi 581q-sonli qarori bilan Xorazm viloyat “Hunarmand” boshqarmasiga Yangiariq tumani Kattabogʼ qishlogʼi hududidan “Yangiariq kulolchilik markazi” tashkil qilish uchun 3000 m2 yer maydoni ajratilgan.
Hozirgi kunda ushbu “Yangiariq kulolchilik markazi”ning smeta xujjatlari OOO “DIZAYN MUSO” tashkiloti tomonidan tayyorlanib nihoyasiga yetkazilgan.

 Аytish lozimki, Yangiariq tumanida kulolchilik markazini barpo etish, u yerga hunarmandlarni joylashtirish va tabiiy gaz bilan taʼminlash choralarini koʼrish 2020 yil 15 iyunga belgilangan boʼlib, bu yerda hozirgi kunda qurilish ishlari boshlab yuborilgan.

Uyushma Аxborot xizmati

 kanalga ulanish
👉 @handicraftman👈

Author: Uyushma axborot xizmati