Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Navoiy viloyatida Rishton kulolchilik maktabining tajribasini keng targʼib qilish maqsadida ishlar boshlandi

Navoiy viloyatida Rishton kulolchilik maktabining tajribasini keng targʼib qilish maqsadida ishlar boshlandi

    Joriy yilning 13 may kuni Navoiy viloyati “Hunarmand” markazi binosida kulolchilik anʼanalarini saqlab qolish, Rishton kulolchilik maktabining tajribasini hamda sir-sinoatlarini “Ustoz-shogird” anʼanalari yoʼnalishida oʼrgatish maqsadida, rishtonlik usta kulol Ismoiljon Komilov ishtirokida davra suhbati oʼtkazildi.
Davra suhbatida “Oʼzsanoatqurilishbank” АTB vakili, Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi Navoiy viloyati boshqarmasi rahbari Jamshid Jumaev, Navoiy viloyati hokimining kotibiyat mudiri Ulugʼbek Bahriddinov hamda 25nafar hunarmandlar va OАV vakillari ishtirok etdi.

  Davra suhbatida kulollar oʼzaro tajriba almashishdi. Shuningdek, Rishton kulolchilik maktabining tajribasi asosida kulolchilik sir-sanoatlarini “Ustoz-shogird” anʼanalari yoʼnalishida oʼrganishni xoxlovchilar va kulolchilik yoʼnalishida oʼzini ishlab chiqarishini kengaytirishni xoxlovchilar aniqlandi va roʼyxati shakllantirildi.
Shundan soʼng, Qiziltepa tumanida faoliyat olib borayotgan usta kulol Nodir Quvonov ustaxonasida boʼlishdi. Ustaxonada usta-shogird anʼanalari asosida Rishton kulolchilik maktabining tajribasiga tayangan holda kerakli asbob uskuna hamda xomashyo materiallari bilan nazariy va amaliy mashgʼulotlar oʼtkazildi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati