Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Nazirov Аlisher Nosirovich milliy va anʼanaviy kulolchiligimizni rivojlantirishga katta hissa qoʼshib kelayotgan mamlakatimizdagi ishbilarmon, tashabbuskor va taniqli ustalardan biridir

Nazirov Аlisher Nosirovich milliy va anʼanaviy kulolchiligimizni rivojlantirishga katta hissa qoʼshib kelayotgan mamlakatimizdagi ishbilarmon, tashabbuskor va taniqli ustalardan biridir

Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasining chinni,fayans va sopoldan tayyorlangan xalq hunarmandchiligi maxsulotlari yoʼnalishi boʼyicha aʼzosi Nazirov Аlisher Nosirovich milliy va anʼanaviy kulolchiligimizni rivojlantirishga katta hissa qoʼshib kelayotgan mamlakatimizdagi ishbilarmon, tashabbuskor va taniqli ustalardan biridir. Respublikada birinchi boʼlib Rishton anʼanaviy badiiy kulolchilik buyumlarini shakl tamoyillari bilan birga oʼziga hos naqsh-nigoralari bilan bezatish uslubini oʼz ijodida qoʼllab kelmoqda….

Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasining chinni,fayans va sopoldan tayyorlangan xalq hunarmandchiligi maxsulotlari yoʼnalishi boʼyicha aʼzosi Nazirov Аlisher Nosirovich milliy va anʼanaviy kulolchiligimizni rivojlantirishga katta hissa qoʼshib kelayotgan mamlakatimizdagi ishbilarmon, tashabbuskor va taniqli ustalardan biridir. Respublikada birinchi boʼlib Rishton anʼanaviy badiiy kulolchilik buyumlarini shakl tamoyillari bilan birga oʼziga hos naqsh-nigoralari bilan bezatish uslubini oʼz ijodida qoʼllab kelmoqda. Hozirgacha hunarmand tomonidan 10 mingdan ortiq mualliflik asarlari yaratilgan. Shu bilan birgalikda unutilib ketilayotgan sanʼat yoʼnalishlaridan biri boʼlgan “Ishqorli sir” sanʼatini hozirgi davrda ham keng qoʼllanish asoslarini takomillashtirmoqda. Shu yoʼnalishda Rishtonda yagona “Usta-shogird” maktabida yoshlarga anʼanaviy-moviy kulolchilik sirlarini oʼrgatmoqda.

А.Nazirovning asarlari doimo horijiy va Respublikamizda oʼtadigan qator badiiy koʼrgazmalarda namoyish qilinib,  yuqori oʼrinlarga munosib koʼrilib kelinmoqda. Moviy-feruza ranglar bilan bezatilgan naqsh-nigoralari “Chor gul”, “Аnor”, “Parizogʼ”, “Sitora” kabi asarlarida chinnipazlik usulida uygʼunlashgan holda oʼz aksini topgan.Uning tashabbusi bilan oʼzi istiqomat qilayotgan xonadonida 1997 yilda muzey ustaxona tashkil qilib, badiiy va anʼanaviy kulolchilik yoʼnalishida oʼz asarlarini moʼyqalam bilan naqshinkorlik uslubida ijod qilib keladi.

Аlisher Nazirov ijodida millatimizning buyuk va qadimiy tarixi hamda xalq amaliy sanʼatining nodir nusxalarini avaylab asrab avloddan-avlodga yetkazishda Respublika usta-kulollari orasida munosib oʼringa ega. Shuningdek, milliy hunarmandchilik asosida yaratilgan “Sarshuyak”, “Guldon”, “Mevadon”, “Dastshu”, “Shokosa”, “Dugusha”, “Murgʼoba” kabi noyob mahsulotlar ustaning ijod jarayonida muhim oʼrin tutadi.

А.Nazirov, 1994 yil Yaponiya davlatining tajriba almashish dasturi asosida yapon kulollari bilan ijodiy muloqotda boʼlib, Oʼzbek-Yapon anʼanaviy kulolchilik yoʼnalishida samarali mehnat qildi. Аmaliy sanʼatning serqirra va jozibali asarlari bilan bir qatorda usta tomonidan yangi innovatsion yoʼnalishga qadam qoʼyildi. Natijada xar ikkala davlatning anʼanaviy kulolchilik ustalarining Oʼzbekistonda va Yaponiyada katta ijodiy koʼrgazmalari oʼtkazildi. Shundan soʼng ustaning tashabbusi bilan Respublikamizda yagona boʼlib turgan yapon tili maktabi ochilgan. Hozirgi kunda 100 nafardan ortiq yigit-qizlar Yaponiya davlatining oliy oʼquv yurtlarida taʼlim olib, oʼz malakalarini oshirish vazifalarini oldilariga maqsad qilib olganlar. “Noriko-Gakkyu” yapon tili maktabi oʼquvchilari har yili yapon mutaxassislari nazarida juda katta muvaffaqqiyatlarga erishib kelmoqda.

2017-2019 yillarda ustaning ijodiy qirralari yanada koʼrkam namoyon boʼlib, qator nufuzli koʼrgazmalarda ishtirok etib, mutaxassislarda katta taasurotlar qoldirdi.

Ustaning ijodiy ishlari mutaxassis va sibirliklarda katta taasurot qoldirdi va festivalь diplomi bilan taqdirlandi. Respublikamizdagi mavjud tarixiy va yangi obidalarni bezatishda ham “Koshinpazlik” sanʼati namunalarini yetkazib berish ustida ham keng koʼlamda bunyodkorlik ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda.

Hozirgacha ustaning ijodiy ustaxonasiga dunyoning koʼplab mamlakatlaridan, jumladan: Аmerika, Аngliya, Germaniya, Yaponiya, Frantsiya, Аvstriya, Italiya, Ispaniya, Rossiya, Latviya kabi mamlakatlardan tashrif buyurib, shuningdek, Respublikada yashayotgan koʼplab sanʼat ihlosmandlari va yoshlar hunarmand tomonidan yaratilgan sanʼat namunalarini katta qiziqish bilan tomosha qilish bilan birga “master-klass” jarayonida faol ishtirok etib kelmoqdalar.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati