Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > “Hunarmand” uyushmasining Namangan viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasiga hunarmandlarning taklif, fikr – mulohazalarini oʼrganish maqsadida davra suhbati tashkil etildi

“Hunarmand” uyushmasining Namangan viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasiga hunarmandlarning taklif, fikr – mulohazalarini oʼrganish maqsadida davra suhbati tashkil etildi

2020 yil 4 mart kuni “Hunarmand” uyushmasining Namangan viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasiga hunarmandlarning taklif, fikr – mulohazalarini oʼrganish maqsadida hududdagi tajribali hunarmandlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda viloyat hokimligi mutaxassisi J.Аhmedov, viloyat Аdliya, Davlat, Soliq boshqarmalari mutaxassislari, “Hunarmand” uyushmasining Namangan viloyati boshqarmasi, tuman (shahar) boʼlim boshliqlari, tajribali hunarmandlar, hududiy OАV vakillari ishtirok etdi.
Davra suhbatida “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasiga hunarmandlar oʼz takliflarini bildirdilar. Jumladan, hunarmandlar faoliyat yuritish uchun yer maydon ajratilishi hamda 34 ta yoʼnalishga nonvoylik (shirmon va patir yopish) va sartaroshlik faoliyatini kiritish haqidagi taklifni bildirdi.
Tadbir soʼngida “Hunarmand” uyushmasining viloyat boshqarmasi oʼrtaga tashlangan qonun loyihasiga berilgan barcha takliflarni umumlashtirib, uyushmaning Respublika rahbariyatiga taqdim etilishi aytib oʼtildi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati