Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Buxoro viloyati > «Hunarmand» uyushmasining Buxoro viloyati Gʼijduvon tumanida hunarmand tibbiy niqoblar tikib, tuman aholisiga bepul tarqatmoqda

«Hunarmand» uyushmasining Buxoro viloyati Gʼijduvon tumanida hunarmand tibbiy niqoblar tikib, tuman aholisiga bepul tarqatmoqda

Shu kunlarda koronovirus epidemiyasi bugun dunyo ahlini xavotirga solib qoʼydi. Ming afsuski kutilmagan bu balo mamlkatimizga ham kirib keldi. Bu borada hech qanday vahimaga oʼrin yoʼq. Koʼp sinovlarni boshidan oʼtkazib, ularni mardona yengan dono xalqimiz ahilik, yanada hamjihatlik bilan bu sinovlarni ham yengadi. Аlbatta, bu kasallikni Respublika hududiga kirib kelishi va tarqalib ketishini oldini olish borasida hukumatimiz tomonidan juda jiddiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarini nodavlat-notijorat sektorlari qatori “Hunarmand” uyushmasi ham toʼliq qoʼllab quvvatlaydi. Uyushma aʼzolari boʼlgan hunarmandlar oʼz uylarida oilasida davrasid. Uyushma aʼzolari boʼlgan faol hunarmandlar joylarda oʼz qoʼllari bilan tibbiy tiqoblar tikib bepul tarqatishdek savobli amallarni amalga oshirib ham oʼz hissalarini qoʼshmoqdalar.
«Hunarmand» uyushmasining Buxoro viloyati Gʼijduvon tuman boʼlimi boshligʼi Qahramon Saidov uyushma aʼzosi, faol hunarmand Mehriniso Oʼrinova bilan birgalikda 1000 dan ortiq tibbiy niqoblar tikib, tuman aholisiga bepul tarqatmoqda.
«Hunarmand» uyushmasi ham koronovirus tufayli mamlakatimizda eʼlon qilingan karantin holati aslida sizu-bizning, farzandlarimizning salomatligini muhofaza qilish uchun joriy etilganlgini teran his etgan har birimizni shaxsiy gigiena va sanitariya qoidalariga qatʼiy amal qilishingizni yana bir bor eslatadi va Siz uyda qolib, koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olishda oʼz hissangizni qoʼshgan boʼlishingizni taʼkidlaydi.

                                                                                                                                                                                                                                                                                                      Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati