Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, insonning qadr-qimmati avvalo uning tabiiy yashash huquqida namoyon bo‘ladi

“Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, insonning qadr-qimmati avvalo uning tabiiy yashash huquqida namoyon bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev: “Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, insonning qadr-qimmati avvalo uning tabiiy yashash huquqida namoyon bo‘ladi.  Bu – eng ulug‘ va muqaddas qadriyatlarimizdan biridir. Ma’lumki, biz o‘lim jazosi tayinlanadigan jinoyatlar sonini bosqichma-bosqich kamaytirib, bu jazoni to‘liq bekor qildik.  Shunga qaramay, ayrim fuqarolar tomonidan o‘lim jazosini tiklash, uni jinoyat qonunchiligiga qayta kiritish haqida takliflar ham ilgari…

Prezident Shavkat Mirziyoyev:

“Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, insonning qadr-qimmati avvalo uning tabiiy yashash huquqida namoyon bo‘ladi. 

Bu – eng ulug‘ va muqaddas qadriyatlarimizdan biridir.

Ma’lumki, biz o‘lim jazosi tayinlanadigan jinoyatlar sonini bosqichma-bosqich kamaytirib, bu jazoni to‘liq bekor qildik. 

Shunga qaramay, ayrim fuqarolar tomonidan o‘lim jazosini tiklash, uni jinoyat qonunchiligiga qayta kiritish haqida takliflar ham ilgari surilmoqda. 

Vaholanki, demokratik va insonparvar g‘oyalarni oliy qadriyat darajasiga ko‘targan dunyodagi aksariyat davlatlarda o‘lim jazosi bekor qilingan. 

Chunki yashash huquqi – har bir insonning tabiiy huquqi bo‘lib, unga bu huquqni davlat emas, Yaratganning o‘zi ato etgan. 

Agar sizlar qo‘llab-quvvatlasangiz, Konstitusiyamizga “O‘zbekistonda o‘lim jazosi taqiqlanadi”, degan yana bir muhim normani kiritishni taklif qilaman.

Shu tariqa, biz bu o‘ta jiddiy masalada hech qachon ortga qaytmasligimizni, insonparvarlik g‘oyalariga sodiq ekanimizni butun dunyoga yaqqol namoyon qilamiz”.

Author: Uyushma axborot xizmati