Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Toshkent mahallalari YUNESKO Butunjahon madaniy merosining Dastlabki ro‘yxatiga kiritildi. Bu jahon miqyosidagi tarixiy voqeadir

Toshkent mahallalari YUNESKO Butunjahon madaniy merosining Dastlabki ro‘yxatiga kiritildi. Bu jahon miqyosidagi tarixiy voqeadir

Eski shahar mahallalari madaniy qatlamlarini saqlab qolish bo‘yicha dastlabki qadamlar 2019 yilda, Venesiya arxitektura Biyennalesida taqdim etilgan “Mahalla: shahar va qishloq hayoti” loyihasi ishlab chiqilganda amalga oshirilgan edi.  Mahallalarimiz xalqaro ekspertlar tomonidan eko-arxitekturani tiklash, zamonaviy shaharlarni ommaviy urbanizasiyadan asrash, shuningdek, ijtimoiy qadriyatlar va jamoaviylikni saqlab qolish usuli sifatida e’tirof etildi. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi…

Eski shahar mahallalari madaniy qatlamlarini saqlab qolish bo‘yicha dastlabki qadamlar 2019 yilda, Venesiya arxitektura Biyennalesida taqdim etilgan “Mahalla: shahar va qishloq hayoti” loyihasi ishlab chiqilganda amalga oshirilgan edi.  Mahallalarimiz xalqaro ekspertlar tomonidan eko-arxitekturani tiklash, zamonaviy shaharlarni ommaviy urbanizasiyadan asrash, shuningdek, ijtimoiy qadriyatlar va jamoaviylikni saqlab qolish usuli sifatida e’tirof etildi.

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi YUNESKO bilan hamkorlikda yetakchi olim, mutaxassis, arxitektor va tadqiqotchilarni birlashtirdi. Oldimizdan oqqan suvni, ya’ni mahallaning tarixiy qadr-qimmatini, milliy madaniy o‘ziga xosligini  anglay boshlaganimizdan juda xursandman. 

Tabiiyki, ushbu hududda hech qanday investisiya qurilish loyihalarini amalga oshirishga ruxsat bo‘lmaydi. 

Toshkentning yuragi bo‘lgan qadimiy Zarqaynar ko‘chasi taqdiriga samimiy qayg‘urayotgan barchaga – jamoatchilik vakillari, faollar, jurnalist va blogerlarga minnatdorchilik bildiramoqchiman. Shuningdek, mahallani asrab qolish loyihasini qo‘llab-quvvatlagani va uni Butunjahon tabiiy va madaniy merosi  ro‘yxatiga kiritgani uchun YUNESKO tashkilotiga minnatdorchilik bildiramiz.

Mahallani asrab-avaylash masalasida jamoatchilik mas’uliyati va ongli yondashuviga tayangan holda, ushu yo‘nalishda ilmiy-restavrasiya ishlarini davom ettiramiz.

Video

Author: Uyushma axborot xizmati