Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Ijodiy ustaxona”

“Ijodiy ustaxona”

Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazida “Ijodiy ustaxona” yangi toʻgaraklarining ochilish marosimi oʻtkazilmoqda.

Tadbirda ta’kidlanganidek, “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish, salomatligida imkoniyati cheklangan bolalarda amaliy san’atga boʻlgan qiziqishni kuchaytirish, ijodiy qobiliyatni rivojlantirish, ularni hunarmandchilikka jalb etish, ta’limda inklyuzivlikni ta’minlash, maqsadida “Ijodiy ustaxona” faoliyati yanada takomillashtirildi.

Tadbirda imkoniyati cheklangan, nogironligi boʻlgan bolalar ijrosida kuy-qoʻshiq, raqs namoyishlari, shuningdek Oʻzbek milliy qoʻgʻirchoq teatri aktyorlari ijrosidagi spektakl namoyishi oʻtkazildi.

Mazkur tadbir imkoniyati cheklangan bolalarga jamiyatga moslashuvlariga, oʻzlarini uning toʻlaqonli a’zosi sifatida his qilishlariga imkon beradi.

Author: Uyushma axborot xizmati