"Hunarmand" uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Surxondaryo viloyati > “Hunarmand” uyushmasining Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan Termiz shahrida 18ta kam taʼminlangan oilalar va 3 nafar qiynalgan nogiron hunarmandlar xonadonlariga roʼzgʼor uchun kerakli oziq-ovqat mahsulotlarietkazib berildi

“Hunarmand” uyushmasining Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan Termiz shahrida 18ta kam taʼminlangan oilalar va 3 nafar qiynalgan nogiron hunarmandlar xonadonlariga roʼzgʼor uchun kerakli oziq-ovqat mahsulotlarietkazib berildi

Shu kunlarda koronovirus epidemiyasi bugun dunyo ahlini xavotirga solib qoʼydi. Ming afsuski kutilmagan bu balo mamlkatimizga ham kirib keldi. Bu borada hech qanday vahimaga oʼrin yoʼq. Koʼp sinovlarni boshidan oʼtkazib, ularni mardona yengan dono xalqimiz ahilik, yanada hamjihatlik bilan bu sinovlarni ham yengadi. - Аlbatta, bu kasallikni Respublika hududiga kirib kelishi va tarqalib ketishini oldini...

Shu kunlarda koronovirus epidemiyasi bugun dunyo ahlini xavotirga solib qoʼydi. Ming afsuski kutilmagan bu balo mamlkatimizga ham kirib keldi. Bu borada hech qanday vahimaga oʼrin yoʼq. Koʼp sinovlarni boshidan oʼtkazib, ularni mardona yengan dono xalqimiz ahilik, yanada hamjihatlik bilan bu sinovlarni ham yengadi.
– Аlbatta, bu kasallikni Respublika hududiga kirib kelishi va tarqalib ketishini oldini olish borasida hukumatimiz tomonidan juda jiddiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda,-deydi “Hunarmand” uyushmasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshligʼi Muhayyo Joʼraeva. – Koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarini nodavlat-notijorat sektorlari qatori “Hunarmand” uyushmasi ham toʼliq qoʼllab quvvatlaydi.
“Hunarmand” uyushmasining Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidanTermiz shahrida 18ta kam taʼminlangan oilalar va 3 nafar qiynalgan nogiron hunarmandlar xonadonlariga roʼzgʼor uchun kerakli oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.
Bu kabi xayrli ishlar viloyatning boshqa tumanlarida ham amalga oshiriladi.

                                                                                                                                                                                                                                                                                                           Uyushma Аxborot xizmati