Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Farg‘ona viloyati > Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʼrinbosari, Investitsiya va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov Rishton kulolchiligini yanada rivojlantirish maqsadida Rishtonda usta hunarmandlar bilan uchrashdi

Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʼrinbosari, Investitsiya va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov Rishton kulolchiligini yanada rivojlantirish maqsadida Rishtonda usta hunarmandlar bilan uchrashdi

Joriy yilning 25 mart kuni Fargʼona viloyati Rishton tumaniga Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʼrinbosari, Investitsiya va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov tashrif buyurdi.
Tashrifdan koʼzlangan asosiy maqsad hunarmandchilikni, Rishton kulolchiligini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan hunarmandchilik mahsulotlarining eksport hajmini oshirish hamda Oʼzbekistonning barcha viloyatlarida kulolchilik ustaxonalari va savdo uylarini tashkil etishdan iborat. Bu borada Bosh vazir oʼrinbosari,Investitsiya va tashqi savdo vaziri Sardor UmrzoqovRishton tumanida anʼanaviy kulolchilik maktablarini davom ettirayotgan va hozirda koʼplab shogirdlar yetishtirib, hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarayotgan tajribali, hunarmand kulolllar ishtirokida davra suhbati shaklida suhbatlashdi.
Davra suhbatida sohani rivojlantirishda amalga oshirish zarur boʼlgan dolzarb masalalar tinglandi va Rishtonda kulolchilikni yanada rivojlantirishda toʼsiq boʼlayotgan muammolar haqida hamda hunarmand kulollarningtakliflar oʼrganildi.

                                                                                                                                                                                                                                                                                                            Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati