Namangan tumanida besh muhim tashabbus boʼyicha tadbir oʼtkazildi

Prezidentimizning besh muhim tashabbusi ijrosiga bagʼishlab “Hunarmand” uyushmasining Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning 28 yanvarь kuni Namangan tumanidagi 18-son umumtaʼlim maktabida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda soʼz olganlar mamlakatimizda yosh avlodni maʼnaviy barkamol inson etib tarbiyalash, boʼsh vaqtini mazmunli oʼtkazishni tashkil etish, ularning sanʼat, sport, axborot texnologiyalari, kitob oʼqishga qiziqishini oshirish boʼyicha beshta muhim tashabbus doirasida keng koʼlamli ishlar amalga oshirilayotganini taʼkidladilar.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati