Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Savdo-sanoat palatasi, Intellektual mulk agentligi va “Hunarmand” uyushmasi o‘rtasida uchtomonlama hamkorlik bitimi imzolandi

Savdo-sanoat palatasi, Intellektual mulk agentligi va “Hunarmand” uyushmasi o‘rtasida uchtomonlama hamkorlik bitimi imzolandi

     2020 yil 23 dekabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Tadbirkorlik sub’yektlari va hunarmandlar faoliyatida intellektual mulk kapitalini joriy qilish yuzasidan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Intellektual mulk agentligi va “Hunarmand” uyushmasi o‘rtasida uchtomonlama hamkorlik bitimi imzolandi.     Tadbirda Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikramov, Intelektual mulk agentligi direktori T.Abdusattorov, Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari, “Hunarmand” uyushmasi raisi U.Abdullayev hamda…

     2020 yil 23 dekabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Tadbirkorlik sub’yektlari va hunarmandlar faoliyatida intellektual mulk kapitalini joriy qilish yuzasidan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Intellektual mulk agentligi va “Hunarmand” uyushmasi o‘rtasida uchtomonlama hamkorlik bitimi imzolandi.

    Tadbirda Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikramov, Intelektual mulk agentligi direktori T.Abdusattorov, Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari, “Hunarmand” uyushmasi raisi U.Abdullayev hamda tashkilotlarning hududiy boshqarma vakillari ishtirok etdi.

  Mazkur bitimni imzolashdan ko‘zlangan asosiy maqsad Agentlik, Palata va Uyushma o‘rtasida intellektual mulk sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, mazkur sohani rivojlantirish, tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida intellektual mulk ob’yektlari keng joriy etilishini ta’minlash hisoblanadi.

  Tadbirni Savdo-sanoat raisi A.Ikramov kirish so‘zi bilan ochib berib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida 2020 yil 12 oktyabr kuni “Intellektual mulk ob’yektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

Hususan, davlatimiz Rahbari tomonidan mahalliy tovar belgilarini xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Shuni ta’kidlash kerakki, yurtimizda har yili 4500 ta intellektual mulk ob’yekti, jumladan, 2000 dan ziyod tovar belgilari Intellektual mulk agentligidan ro‘yxatdan o‘tadi.Lekin shu bilan birga sanoatimizning bor-yo‘g‘i 72 ta tovar belgisi xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, bu esa sanoat tarmoqlarining eksport hajmini oshirishda xali ko‘p ishlash lozimligini, avvalo, tovar belgilarini jahon miqyosida tanilishida tegishli sayi-harakatlarni olib borish lozimligi talab etilmoqda.

Shundan kelib chiqqan holda hozirgi kunda mahalliy tovor belgilarini halqaro ro‘yxatdan o‘tqazish va shu yo‘l bilan eksport hajmini oshirish  asosiy vazifa sifatida belgilab berildi.

  Ma’lumki, tovar belgilari yoki tovar kelib chiqqan joylar nomiga ega mahsulotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalalari Intellektual mulk agentligi tomonidan amalga oshiriladi va bu yo‘nalishda joylarda mahalliy tadirkorlik sub’yektlari va xunarmandlar uchun tovar belgisi, uni muhofazasi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi, bunda tovar belgilarini ishlab chiqish hamda jahon bozorida o‘z tovar belgisi bilan savdo qilishning afzalliklarini tushuntirib berish, tadbirkorlar e’tiboriga yetkazish muhim masalalardan bo‘lib qolmoqda.

Bu borada Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi va “Xunarmand” uyushmasi uch tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda tovar belgilarini rivojlantirish hamda mahalliy brendlarni shakillantirishda hamjihatlikda harakat qilishlari lozim bo‘ladi.

Mazkur imzolangan qo‘shma qaror Intellektual mulk agentligi, Savdo-sanoat palatasi va Hunarmand uyushmasi rahbarlaridan iborat Tadbirkorlikda intellektual mulk kapitalini joriy qilish bo‘yicha idoralararo kengash tashkil etish va uning tarkibi tasdiqlash, mazkur idoralararo kengash faoliyatini belgilab beruvchi nizomni tasdiqlash hamda tadbirkorlarning mahsulotlarini “brend”ga aylantirish dasturini ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, imzolangan qo‘shma qaror yuzasidan Savdo-sanoat palatsi hududiy boshqarmalariga kichik biznesni, ayniqsa, mahalliy sanoat korxonalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi.

Tadbirda Palata raisi tomonidan mazkur belgilangan vazifalarni to‘laqonli ta’minlash orqali joylarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar mahsulotlarini xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish va xorijiy bozorlarda miliy brendlarni tanilishi va o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga erishish lozimligi alohida ta’kidlandi.

Author: Uyushma axborot xizmati