Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Hindiston > Oʼzbekiston «Surajkund Mela» sanʼat festivalining sherik-davlati

Oʼzbekiston «Surajkund Mela» sanʼat festivalining sherik-davlati

Xabar berganimizdek, jahondagi eng yirik hunarmandchilik festivali — «Surajkund Mela» 34-marta Hindistonning Haryana shtatida bu yil 1–16 fevralь kunlari boʼlib oʼtadi. Unda jahonning 60 mamlakatidan milliondan ortiq mehmonlar ishtirok etadi.
Bu yil festivalda Oʼzbekiston sherik-davlat qilib tanlab olingan. Sherik davlatga festivalь amaliy hunarmadchilik, milliy sanʼatdagi yutuqlar, folьklor va turistik jozibadorlikni keng namoyish etish imkoniyati yaratiladi.
Hozirgi kunda “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulugʼbek Аbdullaev hunarmandlar bilan birgalikda oʼtkaziladigan yirik hunarmandchilik festivaliga ishtirok etish uchun Hindiston davlatida. Festivalga tayyorgarlik ishlari yakunlanish arafasida. Ertaga 1 fevralь kuni festivalь boshlanadi.
Bugun 31 yanvarь kuni “Hunarmand” uyushmasi raisi U.Аbdullaev, hamkor tashkilotlar vakillari, Oʼzbekistonning Hindistondagi turizm boʼyicha yelchisi Ritu Beri ishtirokida festivalь doirasida tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdi.
Tadbirda Ritu Beri xonimga Uyushma raisi tomonidan hunarmandchilik mahsuloti sovgʼa qilindi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati