Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Mahorat darslari > Uchquduq tumanida “Besh tashabbus-besh imkoniyat” shiori ostida tadbir oʼtkazildi

Uchquduq tumanida “Besh tashabbus-besh imkoniyat” shiori ostida tadbir oʼtkazildi

“Hunarmand” uyushmasi Uchquduq tuman boʼlimi, tuman Xalq taʼlimi boʼlimi hamkorligida usta hunarmand Xaqnazarova Shoxista ishtirokida tumandagi 10-umumtaʼlim maktabi majlislar zalida maktab oʼquvchilari bilan “Besh tashabbus – besh imkoniyat!” shiori ostida uchrashuv oʼtkazildi. Tadbirda soʼz olganlar mamlakatimizda yosh avlodni maʼnaviy barkamol inson etib tarbiyalash, boʼsh vaqtini mazmunli oʼtkazishni tashkil etish, ularning sanʼat, sport, axborot texnologiyalari, kitob…

“Hunarmand” uyushmasi Uchquduq tuman boʼlimi, tuman Xalq taʼlimi boʼlimi hamkorligida usta hunarmand Xaqnazarova Shoxista ishtirokida tumandagi 10-umumtaʼlim maktabi majlislar zalida maktab oʼquvchilari bilan “Besh tashabbus – besh imkoniyat!” shiori ostida uchrashuv oʼtkazildi.
Tadbirda soʼz olganlar mamlakatimizda yosh avlodni maʼnaviy barkamol inson etib tarbiyalash, boʼsh vaqtini mazmunli oʼtkazishni tashkil etish, ularning sanʼat, sport, axborot texnologiyalari, kitob oʼqishga qiziqishini oshirish boʼyicha beshta muhim tashabbus doirasida keng koʼlamli ishlar amalga oshirilayotganini taʼkidladilar.
“Prezidentimiz ilgari surgan besh muhim tashabbus oʼsib kelayotgan yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashga qaratilgani bilan gʼoyat ahamiyatli. Yoshlarni bolaligidanoq sportga, sanʼatga, til oʼrganishga va kitob oʼqishga boʼlgan qiziqishlarini uygʼotish borasida olib borilayotgan bu kabi tadbirlar esa kelajakda oʼz samarasini beradi ”, – deydi Uchquduq tuman boʼlimi boshligʼi Z.Sharipova. Shundan soʼng usta hunarmand Xaqnazarova Shoxistaning maktab oʼquvchilari bilan uchrashuvi boʼlib oʼtdi.
Uchrashuvda Sh.Haqnazarova hunarmandchilik faoliyati bugungi kunda berilgan imkoniyatlar, hunarmandchilik faoliyatida erishgan yutuqlari toʼgʼrisida batafsil gapirib berdi. Shundan soʼng Sh.Haqnazarova tomonidan yoshlarga milliy liboslar tayyorlash faoliyati boʼyicha mahorat darslari oʼtkazildi.
Ushbu jarayonlar yoshlarga hunarmandchilik koʼnikmalarini shakllantirishga, ularni hunarga jalb etishda zamin boʼldi. Tadbir soʼngida yoshlar hunarga qiziqishlari borligini kelgusida mohir hunarmand boʼlish istagi ham borligi taʼkidlashdi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati