Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Mahorat darslari > Beshta tashabbus yoshlar imkoniyatlarini yanada oshirmoqda

Beshta tashabbus yoshlar imkoniyatlarini yanada oshirmoqda

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirishga masʼuliyatli tashkilotlar qatori Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasining Samarqand viloyat boshqarmasi ham bir qator ishlarni amalga oshirmoqda. Xususan, birinchi tashabbus boʼyicha yoshlarni hunarga keng jalb etish borasida usta hunarmandlarning tajribasini ommalashtirish, ustaxonalarga yoshlarni tashrifini oʼtkazish, mahorat darslari orqali hunarni keng imkoniyatlarini tushuntirishga alohida eʼtibor berilmoqda.
Joriy yilning yanvarь oyida “Hunarmand” uyushmasining Samarqand viloyat boshqarmasi xodimlari va faol hunarmandlarni jalb etgan holda Samarqand shahridagi 61-son eshitishida nuqsoni boʼlgan bolalar maktab-internatida mahorat darslari oʼtkazildi. Hunarmandchilikning Miniatyura, rang tasvir, naqqoshlik va boʼyoqli naqshlar yoʼnalishida Mansur Nurillaev, Sherzod Karimov va kandokorlik yoʼnalishida Аbdullo Saidovlar oʼquvchilarga oʼz bilim koʼnikmalari asosida mahorat darslarini oʼtkazdilar. Shuningdek, oʼz hunar sirlari haqida gapirib berdilar.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati