Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Hunarmand” uyushmasi raisi o‘rinbosari Akobir Hakimov Qashqadaryo viloyatida xizmat safarida

“Hunarmand” uyushmasi raisi o‘rinbosari Akobir Hakimov Qashqadaryo viloyatida xizmat safarida

 O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi o‘rinbosari Akobir Hakimov Qashqadaryo viloyatida xizmat safarida qashqadaryolik hunarmandlar  bilan uchrashib, bu yerda hunarmandchilikni rivojlantirishga qaratilgan amaliy ishlar bilan tanishmoqda.  Joriy yilning 8 sentyabr kuni O‘zbekiston  Respublikasi  “Hunarmand” uyushmasi raisi o‘rinbosari Akobir Hakimov “Hunarmand” uyushmasining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i Qahramon Xalilov bilan birgalikda Shahrisabz shahrining tarixiy qismidagi Alleya hududida joylashgan…

 O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi o‘rinbosari Akobir Hakimov Qashqadaryo viloyatida xizmat safarida qashqadaryolik hunarmandlar  bilan uchrashib, bu yerda hunarmandchilikni rivojlantirishga qaratilgan amaliy ishlar bilan tanishmoqda.

 Joriy yilning 8 sentyabr kuni O‘zbekiston  Respublikasi  “Hunarmand” uyushmasi raisi o‘rinbosari Akobir Hakimov “Hunarmand” uyushmasining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i Qahramon Xalilov bilan birgalikda Shahrisabz shahrining tarixiy qismidagi Alleya hududida joylashgan “Hunarmandlar maskani”ga bordi va bu yerda yaratilgan sharoit,  bugungi holat, hunarmandlarning faoliyati bilan tanishdi. 

 Shuningdek, rais o‘rinbosari Akobir Hakimov Shahrisabzda faoliyat olib borayotgan hunarmand kashtachi Gulnora Odilovaning ustaxonasiga borib, ustaxonada yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi va hunarmandchilik bilan shug‘ullanayotgan shogird xotin-qizlar bilan ham suhbatlashdi.

 

Uyushma Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati