Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Mahorat darslari > Shayxontohur tumanidagi 324-son umumtaʼlim maktabida “Hunarmand” uyushmasining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan hunarmandchilik yoʼnalishida toʼgarak tashkil etilgan

Shayxontohur tumanidagi 324-son umumtaʼlim maktabida “Hunarmand” uyushmasining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan hunarmandchilik yoʼnalishida toʼgarak tashkil etilgan

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirishga Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasining Toshkent shahar boshqarmasi ham bir qator ishlarni amalga oshirmoqda. Xususan, birinchi tashabbus boʼyicha yoshlarni hunarga keng jalb etish borasida usta hunarmandlarning tajribasini ommalashtirish, ustaxonalarga yoshlarni tashrifini oʼtkazish, mahorat darslari orqali hunarni keng imkoniyatlarini tushuntirishga alohida eʼtibor berilmoqda.
Joriy yilning 4 fevralь kuni “Hunarmand” uyushmasining Toshkent shahar boshqarmasi Shayxontohur tumanidagi 324-son umumtaʼlim maktabida “Hunarmand” uyushmasining Toshkent shahar boshqarmasi hamkorligida “Oila-baxt qoʼrgʼoni” nomli tadbir oʼtkazildi.
Tadbirda tuman hokimining oʼrinbosari, xotin-qizlar qoʼmitasi raisi Ziyoda Tohirova, tuman Soliq inspeksiyasi boshligʼi Xojakbar Mullajonov, tuman Gʼaznachilik boshqarma boshligʼi Baxrom Mirsamatov, tuman oila markazi rahbari Saida Djalilova, “Qoratosh” MFY xotin-qizlar qoʼmitasi aʼzolari Valieva ibratli oila vakili Oʼrinposha Saidmurodova 324-son umumtaʼlim maktab rahbar va oʼqituvchilari ishtirok etdi.
Maktabda “Hunarmand” uyushmasining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan iqtidorli, ijodkor yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va ragʼbatlantirish maqsadida toʼgarak tashkil etilgan. “Oila-baxt qoʼrgʼoni” nomli oʼtkazilgan tadbir doirasida toʼgarak ishtirokchilari boʼlgan oʼquvchi qizlar tomonidan tikilgan turli xil kiyim kechaklar va hunarmandchilikning bir necha yoʼnalishlarida hunar egallayotgan oʼquvchi yoshlarning ishlari boʼyicha koʼrgazma namoyish etildi.

“Hunarmand” uyushmasining Toshkent shahar boshqarmasi

Author: Uyushma axborot xizmati