Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Farg‘ona viloyatining 13 ta tumanida qisqa muddatda qurilgan “Hunarmandlar markazi” ning ochilish marosimi o‘tkazilmoqda

Farg‘ona viloyatining 13 ta tumanida qisqa muddatda qurilgan “Hunarmandlar markazi” ning ochilish marosimi o‘tkazilmoqda

2021 yil 11 sentyabr kuni Farg‘ona viloyat hokimligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatining 13 ta tumanida qisqa muddatda qurilgan “Hunarmandlar markazi” ning ochilish marosimi o‘tkazilmoqda. Ochilish marosimida O‘zbekiston Savdo – sanoat palatasi raisi A.Ikramov, O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi U.Abdullayev, Farg‘ona viloyati hokimiligi, va “Hunarmand” uyushmasining hududiy boshqarmasi…

2021 yil 11 sentyabr kuni Farg‘ona viloyat hokimligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatining 13 ta tumanida qisqa muddatda qurilgan “Hunarmandlar markazi” ning ochilish marosimi o‘tkazilmoqda.

Ochilish marosimida O‘zbekiston Savdo – sanoat palatasi raisi A.Ikramov, O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi U.Abdullayev, Farg‘ona viloyati hokimiligi, va “Hunarmand” uyushmasining hududiy boshqarmasi va tuman bo‘limi boshliqlari, Farg‘ona viloyatining tuman hokimlari va mutasaddi rahbar va xodimlari, Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmasi, viloyat prokuraturasi vakillari, hunarmandchilik sohasida ko‘zga ko‘ringan hunarmandlar, faxriy hunarmandlar, xalq amaliy san’ati ustalari, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqdalar.

Mamlakatimizda Davlatimiz rahbarining alohida e’tibor va tashabbuslari bilan o‘tgan 5 yilda hunarmandchilikni rivojlantirishga juda katta imkoniyatlar yaratildi, shuningdek bu borada qator Farmon va Qarorlari qabul qilindi. Farmon va Qarorlari bilan hunarmandlarga imtiyoz va preferensiyalar berilishi natijasida “Hunarmand” uyushmasi a’zolari soni 4 barobarga, sohada yaratilgan ish o‘rinlari soni 5 barobarga ortib, 230 mingtani tashkil etdi. Jumladan Farg‘ona viloyatida bugungi kunda “Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘lgan 3570 nafar hunarmandlarga 10195 nafar shogirdlar biriktirilib jami  13765 nafar ish o‘rinlari yaratilgan (4926 nafar hotin-qizlar, 8839 nafar yoshlar) tashkil qiladi. 2021 yilda jami 7 ming 903 ta (1610 ta hunarmand, 6293 ta usta-shogird) ish o‘rinlari yaratildi.

2021 yilda tijorat banklarida qaytgan mablag‘lar hisobidan 3 457 ta loyihalarga 80 876 mlrd. so‘m kreditlar ajratilishi ta’minlandi. Jumladan, Farg‘ona viloyatida dasturga asosan 867 nafariga 18,7 mlrd.so‘m kreditlar ajratildi.

 “Hunarmand” uyushmasi tomonidan 2021 yilning o‘tgan davrida yoshlar va ayollarnini hunarmandchilikka o‘rgatishda “Usta-shogird” maktablarini ko‘paytirish hamda har bir shahar-tumanlarda “Hunarmandchilik markazlari” tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratildi.

 Jumladan, Farg‘ona viloyatida Marg‘ilon shahrida ikkita, Rishton tumani va Qo‘qon shahrida bittadan “Xunarmandlar markazi” tashkil etilgan bo‘lib, ushbu majmuada hunarmandchilikning 34 xil yo‘nalishi bo‘yicha 155 nafar hunarmand 1100 nafar shogirdi bilan faoliyat yuritmoqda. Barcha markazlarda ko‘rgazma zali va ularni galereyalari tashkil etilgan.

2021 yil davrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Farg‘ona viloyatiga amaliy tashrifi davomida berilgan topshiriqlariga binoan Farg‘ona viloyati Rishton tumanida Xalqaro kulolchilik markazi qurildi. Ushbu markaz 1,2 gektar maydonga qiymati 14 mlrd so‘mlik 2 qavatlik 20 ustaxona va hunarmandlar yashashlari uchun Suzukota misolidagi 150 nafar ish o‘rini yaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

2020 yilda tajriba tariqasida Marg‘ilon shahrida davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan “Hunarmandchilik markazi” tashkil etildi. Ushbu markazda 200 dan ortiq turdagi atlas va adras to‘qish, gilamchilik, tikuvchilik, hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, 600 dan ortiq fuqarolarning bandligi ta’minlandi. 

Hududlardagi mavjud “Usta-shogird” maktablari faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish, ayniqsa halq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogiga kirgan hunarmandlarning “Usta-shogird” maktablari faoliyatini kengaytirish maqsadida yoshlarni yog‘och o‘ymakorligi hunarini o‘rgatish bo‘yicha Furqat tumanida yog‘och o‘ymakorligi faoliyati bilan shug‘unlanuvchi O‘zbekiston xalq ustasi Muxamadali Yunusovga 0.60 gektar yer ajratildi hamda galereya-ustaxona-muzeyni jamlagan majmua tashkil etish uchun viloyat mahalliy byujetidan 6,2 mlrd.so‘m mablag‘ ajratildi.Ushbu maktabda Furqat va Beshariq tumanidagi 200 nafar yoshlarga yog‘ochdan maxsulotlar tayyorlash bo‘yicha xunar o‘rgatiladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2021 yil 4-5 fevral kunlari Farg‘ona viloyatiga tashriflarida viloyatning barcha tumanlarida ishsiz fuqarolar ayniqsa, ayollar va yoshlarni bandligini ta’minlash maqsadida “Hunarmandlar markaz”larini tashkil etish topshirig‘i berilgan edi. 

“Hunarmandlar markaz”lari Toshloq, Bag‘dod, Quva, Yozyovon, Dang‘ara, Beshariq, O‘zbekiston,  Farg‘ona,  Furqat, Buvayda,  Uchko‘prik, Oltiariq , Rishton tumanlarida barpo etildi. Ushbu markazlar 10 nafar tashabbuskor hunarmand tadbirkorlarga davlat-xususiy sheriklik asosida biriktirib berildi

Mazkur markazlarning birinchi qavatida milliy matolarimiz, ushbu matolardan tayyorlangan milliy liboslar va boshqa hunarmandchilik maxsulotlaridan iborat galeriya, ikkinchi qavatida milliy matodan milliy liboslar ishlab chiqarish xamda uchunchi qavatida shu matolarni an’anaviy uslubda to‘qish dastgoxlari ishga tushirilgan.

Tashkil etilayotgan “Hunarmandlar markaz”larini samarali faoliyat yuritishi bo‘yicha tashabbus ko‘rsatayotgan nomdor hunarmandlar va salohiyatli tadbirkorlar ro‘yxati shakllantirilib biriktirilgan.

13 ta yangi ishga tushiriladigan “Xunarmandlar markaz”larida 4000 nafar ishsiz fuqarolar ayniqsa, ayollar va yoshlarning bandligini ta’minlash rejalashtirilmoqda.

13 ta hunarmandchilik markazlarini tashkil etilishida Farg‘ona viloyati mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidanushbu ob’yektlarning umumiy qiymati 57,9 mlrd.so‘mni tashkil etgan.

“Hunarmandchilik markazlari”ni tashkil etilishi yurtimizga tashrif buyuruvchi sayyohlarga milliy hunarmandchiligimiz haqida ma’lumot berish, targ‘ib qilish, yoshlarni hunarga o‘rgatishdan iborat. Bu markazlar turistik hududlarga yaqin bo‘lgan joylarga qurilgan, mehmonlar topishi oson bo‘lishi inobatga olingan. Bundan tashqari, bu kabi markazlar xalq amaliy san’atini asrab-avaylash, milliy hunarmandchiligimizni rivojlantirish va kelajak avlod uchun saqlash, usta hunarmandlardan bu sohaning sir-asrorlarini yoshlarga o‘rgatishiga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi
“Hunarmand”  uyushmasi Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati