Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Abu Dabida kichik O‘zbekiston ochildi

Abu Dabida kichik O‘zbekiston ochildi

Abu Dabi amirligining Al Vatba hududida 18 noyabr kuni boshlangan “Shayx Zoid” festivali doirasida “O‘zbekiston” pavilyonining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur pavilyon O‘zbekiston Investisiya va tashqi savdo vazirligining Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan tashkil etilib, unda davlat ramzi hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 31 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Qatardagi futbol bo‘yicha jahon…

Abu Dabi amirligining Al Vatba hududida 18 noyabr kuni boshlangan “Shayx Zoid” festivali doirasida “O‘zbekiston” pavilyonining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur pavilyon O‘zbekiston Investisiya va tashqi savdo vazirligining Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan tashkil etilib, unda davlat ramzi hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 31 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Qatardagi futbol bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qilish uchun Samarqanddan yo‘lga chiqqan va ayni damda Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib turgan delegasiyamiz ham ishtirok etdi.

Ta’kidlash joizki, “Shayx Zoid” madaniy meros an’anaviy festivali to‘rtinchi marta tashkil etilmoqda, 2022 yil 18 noyabrdan 2023 yil 18 martga qadar davom etadi. Tadbir doirasida “Xush kelibsiz!” nomi ostida dronlar va lazer chiroqlari hamda Amirlik favvoralari shoulari, mushakbozlik, harbiy meros musiqasi, meros musobaqalari va qiziqarli sport tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Festival uchun tashkil etilgan shaharchada 20 dan ortiq ishtirokchi mamlakat pavilyonlari, yangi qo‘shilgan San’at shaharchasi, “Selfiye streyet” maydoni, Sahro muzeyi, bolalar maydonchalari, gullar shaharchasi va oziq-ovqat mahsulotlari pavilyonlari tashkil etildi.

“O‘zbekiston” pavilyonida musiqiy jamoalar, hunarmandlar hamda oshpazlar ishtiroki ta’minlangan holda mamlakatimizning turizm salohiyati keng targ‘ib qilinadi.

Author: Uyushma axborot xizmati