"Hunarmand" uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > AYOLLAR BANDLIGI USTIVOR VAZIFA

AYOLLAR BANDLIGI USTIVOR VAZIFA

2020 yilning 22 sentyabr kuni Farg‘ona viloyati Toshloq tumani 2 sektorida mahallalarda uyda hunarmandchilik bilan shug‘unlanadigan rasmiy davlat ro‘yxatidan o‘tmagan hunarmand ayollar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda “Hunarmand” uyushmasi Toshloq tuman bo‘limi boshlig‘i G.Sobirova qatnashib bugungi kunda mamlakatimizda hunarmandchilikka e’tibor katta ekanligi, dunyoda pandemiya sababli yurtimizda xam karantin choralari kiritilishi sababli hunarmandlar uyda mahsulot ishlab chiqarishda,…

2020 yilning 22 sentyabr kuni Farg‘ona viloyati Toshloq tumani 2 sektorida mahallalarda uyda hunarmandchilik bilan shug‘unlanadigan rasmiy davlat ro‘yxatidan o‘tmagan hunarmand ayollar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda “Hunarmand” uyushmasi Toshloq tuman bo‘limi boshlig‘i G.Sobirova qatnashib bugungi kunda mamlakatimizda hunarmandchilikka e’tibor katta ekanligi, dunyoda pandemiya sababli yurtimizda xam karantin choralari kiritilishi sababli hunarmandlar uyda mahsulot ishlab chiqarishda, xom ashyo sotib olishda imtiyozli kreditlarga ehtiyoj borligi, hunarmandlarga kreditlar ajratilayotganligi borasida atroflicha tushuntirdi.

Shu bilan birga tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tish, “Hunarmand” uyushmasiga a’zolik tartiblari tushuntirilib, uyushma tomonidan tayyorlangan “Men “Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘laman” nomli  qo‘llanma tarqatildi. Ushbu  qo‘llanmada yangi tadbirkorlik faoliyatini boshlashda xujjatlarning rasmiylashtirish hamda uyushma a’zolariga berilgan imtiyoz va preferensiyalar   bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar berildi.

Uyushma Axborot xizmati

[bvi]