Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Namanganlik usta hunarmandning mahsulotlari Norvegiyagacha yetib bordi

Namanganlik usta hunarmandning mahsulotlari Norvegiyagacha yetib bordi

Namangan viloyatidagi Norinlik usta hunarmandning mahsulotlari Norvegiyagacha yetib bordi Gipsdan quyma mahsulotlar – turli o‘lchamdagi jimjimador guldonlar, go‘zal ko‘za va vazalar, yozuvli suvenirlar ishlab chiqarayotgan hunarmand Zohidjon Hakimov bu orqali besh nafar oila a’zolari va olti nafar qo‘shnisini ish bilan ta’minlagan. – O‘zi jismoniy tarbiya o‘qituvchisi. hunarmandchilik faoliyatini boshlaganiga bir yarim yil bo‘ldi. Hozirda bir…

Namangan viloyatidagi Norinlik usta hunarmandning mahsulotlari Norvegiyagacha yetib bordi

Gipsdan quyma mahsulotlar – turli o‘lchamdagi jimjimador guldonlar, go‘zal ko‘za va vazalar, yozuvli suvenirlar ishlab chiqarayotgan hunarmand Zohidjon Hakimov bu orqali besh nafar oila a’zolari va olti nafar qo‘shnisini ish bilan ta’minlagan.

– O‘zi jismoniy tarbiya o‘qituvchisi. hunarmandchilik faoliyatini boshlaganiga bir yarim yil bo‘ldi. Hozirda bir oyda o‘rtacha 20 million so‘m daromad topadi.

O‘tgan yili Rossiya davlatiga ko‘p mahsulot chiqardi. Rossiyalik hamkorlarining ta’kidlashicha, hunarmand tomonidan yasalgan guldonlarning katta qismi Norvegiyaliklar tomonidan harid qilingan.

Ayni paytda ishlab chiqarilgan mahsulotlar Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiyada xaridorgir.

Author: Uyushma axborot xizmati