Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Bayram munosabati bilan, mahkumlarga sertifikatlar topshirildi

Bayram munosabati bilan, mahkumlarga sertifikatlar topshirildi

Bugun 09-dekabr kuni Uychi tumani 2-mintaqaviy hudud 6-son tergov hibsxonasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Inson huquqlari bo‘yicha (ombudsman) Namangan viloyati mintaqaviy vakili J.Valiyev, Hunarmandchilik uyushmasi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Z.Valiyev, Uychi tumani bo‘lim boshlig‘i A.Abdullayevlar jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar bilan samimiy muloqot o‘tkazildi. Dastlab J.Valiyev kuni kecha nishonlangan muborak bayram Bosh Qomusimizning 31-yilligi, 10-dekabr kuni…

Bugun 09-dekabr kuni Uychi tumani 2-mintaqaviy hudud 6-son tergov hibsxonasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Inson huquqlari bo‘yicha (ombudsman) Namangan viloyati mintaqaviy vakili J.Valiyev, Hunarmandchilik uyushmasi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Z.Valiyev, Uychi tumani bo‘lim boshlig‘i A.Abdullayevlar jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar bilan samimiy muloqot o‘tkazildi.

Dastlab J.Valiyev kuni kecha nishonlangan muborak bayram Bosh Qomusimizning 31-yilligi, 10-dekabr kuni nishonlanadigan Davlatimiz madhiyasi qabul qilingan kun va Butunjahon inson huquqlari konvensiyasi qabul qilinganligini 75 yilligi munosabati bilan tabrikladi va Yurtimizda jazoni ijro etish muassasalarida amalga oshirilgan ijobiy ishlar bo‘yicha so‘zlab berdi. Muloqot yakuni bilan Hunarmandchilik yo‘nalishlari bo‘yicha maxkumlarga sertifikatlar topshirildi.

Author: Uyushma axborot xizmati