Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Usta hunarmand Mansur Kuryazov Sochi shahrida oʼtkazilgan “Sochi. Yolka. Volshebstvo” nomli xalqaro tanlov gʼolibi boʼldi

Usta hunarmand Mansur Kuryazov Sochi shahrida oʼtkazilgan “Sochi. Yolka. Volshebstvo” nomli xalqaro tanlov gʼolibi boʼldi

Qoʼgʼirchoqsozlik – xalq amaliy sanʼatining qadimiy turi. Bu sanʼat turi ham insonlarning tabiat bilan munosabatlari natijasida paydo boʼlgan. Osiyo xalqlarida arusakoz, qoʼgʼirchoqsoz, quroqchi kabi kasb egalari mahalliy xom ashyodan diniy, marosim yoki ovunchoq maqsadida oʼyinchoq-qoʼgʼirchoqlar yasashgan va ular Buyuk Ipak yoʼli orqali koʼp xalqlarga tarqalgan. Mahalliy xom ashyo deganda tuproq-loy, yogʼoch, qamish, mato, jun, qamish, suyak kabi materiallar nazarda tutilmoqda. Аfsuski bizgacha faqat sopoldan yasalgan qoʼgʼirchoqlargina yetib kelgan. Muzeylarda saqlanayotgan aravaga qoʼshilgan ot haykalchasi, ajdarho koʼrinishi haykalchasi shular jumlasidandir.
Oʼtgan asrning 50 yillaridan keyin qoʼgʼirchrqbozlik unutila boshlangan edi. Hozirgi kunga kelib qoʼgʼirchoqlarni yasovchi hunarmandlarning sayʼi harakatlari tufayli eski anʼanalar tiklana boshladi.
Bunday ustalar ichida Xorazm viloyatining Xonqa tumanida yashab ijod qiluvchi hunarmand Mansur Kuryazov alohida oʼringa ega. Chunki u oʼz ijodida qoʼgʼirchoq tayyorlash sanʼati bilan uni oʼynatish sanʼatini qamrab olgan.
Usta hunarmand Mansur Kuryazov Sochi shahrida boʼlib oʼtgan “Sochi. Yolka. Volshebstvo” nomli xalqaro tanlovda ishtirok etib, gʼolib boʼldi. Hunarmand Mansur Kuryazov tashkilotchilar tomonidan diplom va tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

 

 

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati