Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘kdala tumanida bo‘lib turibdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘kdala tumanida bo‘lib turibdi

Yangi tuman faollari bilan uchrashuvda davlatimiz rahbari Qashqadaryo viloyatida respublikada birinchilardan bo‘lib Kitob tumanidagi 5-son va Qamashidagi 4-son Mehribonlik uylari yopilib, ularning tarbiyalanuvchilari oilaviy bolalar uylariga olinganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Bu borada o‘rnak ko‘rsatayotgan bag‘rikeng qashqadaryolik oilalar, jumladan, uchrashuvda ishtirok etayotgan Xonimova va Xolliyevlar oilasi 10 nafar, Suyunov va Xamidovalar oilasi 8 nafar, Allanazarova…

Yangi tuman faollari bilan uchrashuvda davlatimiz rahbari Qashqadaryo viloyatida respublikada birinchilardan bo‘lib Kitob tumanidagi 5-son va Qamashidagi 4-son Mehribonlik uylari yopilib, ularning tarbiyalanuvchilari oilaviy bolalar uylariga olinganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Bu borada o‘rnak ko‘rsatayotgan bag‘rikeng qashqadaryolik oilalar, jumladan, uchrashuvda ishtirok etayotgan Xonimova va Xolliyevlar oilasi 10 nafar, Suyunov va Xamidovalar oilasi 8 nafar, Allanazarova va To‘rayevlar oilasi 5 nafar ota-onasi mehridan ayrilgan bolalarni o‘z qaramog‘iga olganini Prezidentimiz ma’naviy jasorat deb atab, ularga o‘z nomidan va butun xalqimiz nomidan chuqur minnatdorchilik bildirdi.

https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ

Author: Uyushma axborot xizmati