“YOSH HUNARMANDLAR” FESTIVALI O‘TKAZILDI

Bugun, 5 noyabr kuni Sherobod tumani hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Hunarmandlar uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida Sherobod tuman prokurori tashabbusi bilan “Yosh hunarmandlar” festivali o‘tkazildi. Tadbirda tumanimizning ko‘plab yosh hunarmandlari o‘z ijod namunalari bilan qatnashishdi. Ko‘zni qamashtiradigan bejirim milliy ko‘rgazmalar barchada o‘zgacha taassurot qoldirdi. Tuman hokimi o‘rinbosari M.Choriyev, tuman prokurori o‘rinbosari A.Choriyevlar tomonidan hunarmandlarning san’at asarlari…

Bugun, 5 noyabr kuni Sherobod tumani hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Hunarmandlar uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida Sherobod tuman prokurori tashabbusi bilan “Yosh hunarmandlar” festivali o‘tkazildi. Tadbirda tumanimizning ko‘plab yosh hunarmandlari o‘z ijod namunalari bilan qatnashishdi. Ko‘zni qamashtiradigan bejirim milliy ko‘rgazmalar barchada o‘zgacha taassurot qoldirdi. Tuman hokimi o‘rinbosari M.Choriyev, tuman prokurori o‘rinbosari A.Choriyevlar tomonidan hunarmandlarning san’at asarlari bilan yaqindan tanishildi va festivalning faol ishtirokchilari tashabbuskorlar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Author: Uyushma axborot xizmati