Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Rishton tumanida “Kulollar sayli” o‘tkazilishi rejalashtirilgan

Rishton tumanida “Kulollar sayli” o‘tkazilishi rejalashtirilgan

2024 yil 18-19 may kunlari Farg‘ona viloyati Rishton tumanida “Kulollar sayli” o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu tadbir doirasida respublikaning yetakchi san’atshunoslari ishtirokida ilmiy amaliy konfrensiya va kitob taqdimoti o‘tkazish, tadbirni yuqori darajada tashkil etish maqsadida “Hunarmand” uyushmasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i R.Mirzaaxmedov, akademik, professor, san’atshunoslik fanlari doktori, “Fan va turmush” jurnali bosh muxarriri Akbar Hakimov, san’atshunoslik fanlari doktori…

2024 yil 18-19 may kunlari Farg‘ona viloyati Rishton tumanida “Kulollar sayli” o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu tadbir doirasida respublikaning yetakchi san’atshunoslari ishtirokida ilmiy amaliy konfrensiya va kitob taqdimoti o‘tkazish, tadbirni yuqori darajada tashkil etish maqsadida “Hunarmand” uyushmasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i R.Mirzaaxmedov, akademik, professor, san’atshunoslik fanlari doktori, “Fan va turmush” jurnali bosh muxarriri Akbar Hakimov, san’atshunoslik fanlari doktori (PhD),“SAN’AT” jurnali bosh muharriri, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, San’atshunoslik instituti katta ilmiy xodimi Binafsha Nodir, Rishton an’anaviy kulolchiligi nomoyondalari Alisher Nazirov, Sharofiddin Yusupov hamda Rustam Usmonov ustaxonalarida bo‘lib o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbir bo‘yicha ustalar bilan fikr almashdilar.

Author: Uyushma axborot xizmati