Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Quroqchilik san’at haqida

Quroqchilik san’at haqida

2023-yil 12-iyunda “Aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Shu o‘rinda aytish lozimki, yo‘qolib ketayotgan hunarmandchilik yo‘nalishlarini asrab qolish va rivojlantirish hamda kelgusi avlodlarga yetkazish maqsadida qo‘shimcha 9 ta faoliyat ro‘yxatga qo‘shildi. Ulardan biri quroqchilik usulida tikish yo‘nalishi kiritildi. Quroq tayyorlash usuli biroz oddiy…

2023-yil 12-iyunda “Aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Shu o‘rinda aytish lozimki, yo‘qolib ketayotgan hunarmandchilik yo‘nalishlarini asrab qolish va rivojlantirish hamda kelgusi avlodlarga yetkazish maqsadida qo‘shimcha 9 ta faoliyat ro‘yxatga qo‘shildi. Ulardan biri quroqchilik usulida tikish yo‘nalishi kiritildi.

Quroq tayyorlash usuli biroz oddiy yoki murakkab va shu bilan birga tejamkorlik asosida yaratilgan badiiy ijodkorlik mahsuli. Quroq – bu mayda bo‘laklardan ulab, to‘plab bezak yaratishdir. Shu usulda yasalgan bezak, buyum ham quroq deb ataladi. Turli rang va shakldagi mayda mato parchalaridan buyum, bezak hosil qilinadi. Quroq amaliy san’at bezak elementlaridan biri hisoblanib, maishiy hayotda keng qo‘llaniladi. Masalan: ko‘rpa, ko‘rpacha, yostiq, choyshab, so‘zana, dasturxon, gilam va boshqa jihozlarni tayyorlab ajoyib san’at namunalarini yaratish mumkin.

Author: Uyushma axborot xizmati