Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Mahorat darslari > «Hunarmand» uyushmasining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan umumta’lim maktablarida hunarmandlarning mahorat darslari o‘tkazilmoqda

«Hunarmand» uyushmasining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan umumta’lim maktablarida hunarmandlarning mahorat darslari o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusning birinchi yo‘nalishi, yoshlarni musiqa, rassomchilik, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishini oshirish, o‘z qobiliyatlarini namoyon qilishiga ko‘maklashish maqsadida «Hunarmand» uyushmasining Toshkent shahar boshqarmasi hamda Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan yoshlar, xotin-qizlar orasida hunarmandchilikning yo‘nalishlari, hunarmandlarga yaratilgan imkoniyatlar mohir hunarmandlar bilan birgalikda tushuntirilmoqda, ustalar tomonidan mahorat darslari tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 15-yanvar kuni Uchtepa tumanidagi 81-sonli umumta’lim maktabida hunarmandlar tomonidan hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada hunarmandchilikning oddiy metallardan milliy uslubda yasalagan taqinchoqlar, milliy liboslar tayyorlash yo‘nalishlari bo‘yicha mahsulotlar namoyish etildi.
Ko‘rgazma ishtirokchisi yosh iste’dodli hunarmand Mushtariybonu Komilova tomonidan maktab o‘quvchilariga oddiy metallardan milliy uslubda yasalgan taqinchoqlar yo‘nalishi bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazildi. Mahorat darslari o‘quvchilarga taassurot qoldirdi va ushbu hunar turiga qiziqishlari ortdi.

 Uyushma Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati