Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Ayoli e’zozlangan yurt”

“Ayoli e’zozlangan yurt”

Bugun shahrimizdagi “Kimyogarlar”madaniyat saroyida xotin-qizlar faolligini oshirishga qaratilgan “Ayoli e’zozlangan yurt” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Chirchiq shahar hokimi Davron Xidoyatov, Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Zuhra Mirgaziyeva, O‘zbekiston Davlat muzeyi rahbari, professor Jannat Ismoilova hamda “Oqila ayollar” harakati vakillari, ziyoli, faol xotin-qizlar ishtirok etdi. Mamlakatimizda oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan islohotlar,…

Bugun shahrimizdagi “Kimyogarlar”madaniyat saroyida xotin-qizlar faolligini oshirishga qaratilgan “Ayoli e’zozlangan yurt” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Chirchiq shahar hokimi Davron Xidoyatov, Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Zuhra Mirgaziyeva, O‘zbekiston Davlat muzeyi rahbari, professor Jannat Ismoilova hamda “Oqila ayollar” harakati vakillari, ziyoli, faol xotin-qizlar ishtirok etdi.

Mamlakatimizda oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan islohotlar, ayolga e’tibor va g‘amxo‘rlik davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani ta’kidlandi. Xususan, “Ayollar daftari” yo‘nalishidagi manzilli ishlar, ijtimoiy-siyosiy faol rahbar ayollar safini kengaytirish borasidagi harakatlar o‘z natijasini bermoqda. Tadbir doirasida ko‘rgazma tashkil etildi.

Unda asosan “Ayollar daftari”ga kiritilib, hozirda tadbirkorligini boshlagan ayollarning ishlab chiqargan mahsulotlari namoyish etildi. Milliy-madaniy markazlar faollari va sportchi qizlarning ko‘rgazmali chiqishlari tashkil etildi. Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga yaxshi kayfiyat ulashdi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati